Baydendan Erdog'anga minnatdorlik
Turkiya va AQSH davlatlari rahbarlarining Madriddagi uchrashuvi chog‘ida NATOning kengayishi, ikki tomonlama munosabat, Anqaraga G‘-16 qiruvchi samolyotlarini jo‘natish, Ukraina inqirozi va Qora dengiz orqali Ukraina donini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi.
AQSH Prezidenti Jo Bayden Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘anga Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lib kirishi bo‘yicha erishilgan kelishuv uchun minnatdorlik bildirdi.
“Finlandiya va Shvetsiya bilan bog‘liq vaziyatdagi amaliy harakatingiz, shuningdek, Ukraina va Rossiyadan g‘alla eksportini ta’minlashga qaratilgan mislsiz ishingiz uchun sizga alohida rahmat aytmoqchiman”, - dedi AQSH yetakchisi Erdog‘anga.
“NATOning kengayishi Ukraina inqirozini hal qilishga hissa qo‘shadi, deb umid qilaman. Diplomatiya Ukrainadan don eksporti uchun eshiklarni ochadi", deya qo‘shimcha qilgan Bayden muzokara davomida.