Bayden: prezidentlik saylovida Trampni yengaman
2020 yil bo‘lgani kabi, agar Donald Tramp saylovda ishtirok etsa, uni mag‘lub eta olishimga ishonaman, dedi AQSH Prezidenti Jo Bayden “CNN” telekanaliga bergan intervyusida.
Noyabr oyida 80 yoshga to‘ladigan Bayden jamoatchilikning yoshi haqidagi sharhlariga qanday munosabat bildirishi mumkinligi yuzasidan berilgan savolga “men o‘z ishimni uddalay olishimga shubha bo‘lmasligi kerak”, deya javob berdi.
“Amerikaliklar iqtisodiy tanazzulga tayyorlanishi kerakmi?”, degan savolga Bayden salbiy javob qaytardi. Uning fikricha, “iqtisodda pasayish bo‘lmaydi, bo‘lgan taqdirda ham ahamiyatsiz, yengil o‘tadi”.
AQSH yetakchisi ta’kidicha, mamlakat iqtisodi tanazzulga yuz tutishi to‘g‘risidagi taxmin har olti oyda takrorlanib turadi.
“Mana hozirgacha bu sodir bo‘lmadi”, deb qo‘shimcha qildi Bayden.
O‘zA