Joriy yilning 23-25 avgust kunlari Samarqand baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yilning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Dunyoning 57 davlatidan 400 nafar sportchi ishtirok etadigan chempionatda O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta tarkibda g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Bugun, 18 avgust kuni O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi Samarqandda kechadigan dunyo birinchiligida Vatanimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda Nurislom To‘xtasin o‘g‘li, Artur Guliyev, Elyorjon Mamadaliyev, Vilyam Ibragimov, Shahriyor Mahkamov, Yaroslav Slavgorodskiy, Vladlen Denisov, Samandar Haydarov, Kamronbek Axtamov, Muhammadali Mirismanov, Ozodjon Amriddinov, Mirjalol Komilov, Ziyodbek Yo‘ldoshaliyev, Davron Salimov, Dilmurod Shermurodov jahon chempionatining sovrinli o‘rinlariga da’vogarlik qilsa, ayollar ishtirokidagi bahslarda Yekaterina Shubina, Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova, Arina Tanatmisheva, Xonzoda Erkinova, Madinabonu Ismoilova, Shohsanam Sherzodova, Dinara Jo‘rayeva, Shahrizoda Mavlonova o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA