Baxt va shodlik kuychisi
Jizzax davlat pedagogika institutida baxt va shodlik kuychisi shoir Hamid Olimjonning 110-yilligiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.
Jizzax davlat pedagogika institutida baxt va shodlik kuychisi shoir Hamid Olimjonning 110-yilligiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.
Institut oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan adabiy-badiiy kechada professor oʻqituvchilar, talabalar, shoir va yozuvchilar, ijodiy tashkilotlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda xalq sevgisi, azaliy oʻzbekona qadriyatlarga sadoqat Hamid Olimjon hayoti va ijodi uchun rahnamo kuch va ilhombaxsh qudrat boʻlganligi eʼtirof etildi. Yuksak insoniy eʼtiqod sohibi Hamid Olimjon Vatani va xalqining madaniy taraqqiyot yoʻlidan mardona odimlar bilan borish uchun astoydil ter toʻkdi. Uning asarlari hali-hamon oʻquvchilarga, ruhiy ozuqa, boʻlib kuch beradi.
U sheʼriyat va nasr, dramaturgiya va badiiy tarjima, tanqid va adabiyotshunoslik sohalarida samarali mehnat qildi. Bu sohalarning har birida oʻchmas iz qoldirdi. Uning ijodi oʻzbek xalqining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida roʻy bergan siljishni aks ettirdi. Ijtimoiy faoliyat ham, adabiy ijod ham Hamid Olimjon uchun faol harakat maydoni boʻldi. U ijodkor sifatida ikki sheʼriy drama, 200 ga yaqin sheʼr, 4 ta ballada, 9 ta doston, koʻplab publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar yaratdi.
Anjumanda soʻzga chiqqanlar uning asarlaridan parchalar keltirib, yigʻilganlarga uning yaratilish tarixi va shior hayotining eng qizgʻin jamlari haqida hikoya qildi.
Tadbirda shoir qalamiga mansub sheʼrlar Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan ifodali oʻqildi.
Hassos qalb sohibi, baxt va shodlik kuychisi ijodiga bagʻishlangan kecha institut ijodkor yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan yakunlandi.