Vatanimiz tarixidagi 16 dekabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1917 yil (bundan 107 yil oldin) – Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti qaroriga binoan «Turkestanskiy vestnik» va «Turkestanskiy kurer» gazetalari yopib quyildi. Ushbu gazetalarning bosmaxonasi musodara qilindi va Matbaachi ishchilar uyushmasi ixtiyoriga o‘tkazildi.

1926 yil (bundan 98 yil oldin) – O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetining «Zarafshon viloyatida yer-suv islohoti to‘g‘risida» dekreti qabul qilinib, unga ko‘ra mazkur viloyatda yer-suv islohotini o‘tkazish belgilandi.

1991 yil (bundan 33 yil oldin) – Turkiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini birinchilardan bo‘lib tan oldi. 1992 yil 28 aprelda Toshkentda Turkiya Respublikasining elchixonasi, 1993 yil yanvarda Anqarada O‘zbekiston elchixonasi ochildi.

1992 yil (bundan 32 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovga «islom dinining himoyasi hamda musulmon oliy o‘kuv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasidagi xizmatlari uchun» Qohiradagi (Misr Arab Respublikasi) «Al-Azhar» universitetining faxriy doktori unvoni berildi.

1996 yil (bundan 28 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«O‘zbekistonning yangi tarixi»ni tayyorlash va nashr etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan, uch qismdan iborat «O‘zbekistonning yangi tarixi»ni tayyorlashda XIX asrning o‘rtalaridan hozirgi kungacha xalqimiz hayotida sodir bo‘lgan tarixiy bosqichlar va o‘zgarishlar to‘la qamrab olindi.

1996 yil (bundan 28 yil oldin) – Toshkent Kinochilar uyida rejissyorlar Isamat Ergashev va Baqo Sodiqov yaratgan ikki qismli “Buyuk Amir Temur” badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Sohibqiron Amir Temurning yoshlik davri haqida hikoya qiluvchi ushbu tarixiy filmning tasviriy yechimi uchun operator Rifqat Ibragimov XII Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi Toshkent Xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.

2008 yil (bundan 16 yil oldin) – Jenevadagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bo‘limi binosida joylashgan Millatlar Saroyida poytaxtimiz Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan “Toshkent: bugun va ertaga” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

2013 yil (bundan 11 yil oldin) – yurtimizda “Oilaviy” telekanali efirga uzatila boshlandi. U oilaviy munosabatlarni yoritishga ixtisoslashgan telekanal hisoblanadi. 

2019 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun 11 bob, 58 moddadan iborat.

2021 yil (bundan 3 yil oldin) – YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni asrash hukumatlararo ko‘mitasi tomonidan Baxshichilik san’ati Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Xalq og‘zaki ijodining ushbu go‘zal va betakror namunasi mamlakatimizda ming yillar davomida rivojlanib, baland cho‘qqilarga ko‘tarildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, «baxshi» so‘zi turli davrlarda shomon, kohin, qalandar, jarroh, kotib, hisobchi, ustod, ma’rifatchi kabi turli ma’nolarni ifodalab kelgan. «Baxshi» xalq og‘zaki ijodining epik va lirik turga xos namunalarini aytuvchi, kuylovchi professional ijrochilarni ifodalovchi tushuncha. Baxshi, ya’ni san’atkor dostonchilarni el orasida “yuzboshi”, “soqi”, “sannovchi”, “sozchi”, “jirov” deb ham ataydilar. 

Baxshilar, asosan, ijrochi va ijodkor baxshilarga bo‘linadi. Ijrochi baxshilar, ustozidan o‘rgangan dostonlarni juz’iy o‘zgarishlar bilan aynan kuylasalar, ijodkor baxshilar og‘zaki epik an’ana asosida dostonning o‘z variantlari, hatto ular asosida yangi dostonlar ham yaratadilar. Bunday baxshilar «shoir» deb ham yuritiladi. 

2021 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish axborot tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Baxshi» so‘zi turli davrlarda qanday ma’nolarni ifodalagan?