Yaqinda Qirg‘izistonning Chopon-Ata shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan baxmallik Akbarshoh Achilov yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, katta muvaffaqiyat bilan Vatanga qaytdi.

Bugungi kunda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida tahsil olayotgan 13 yoshli Akbarshoh  shaxmatga bo‘lgan qiziqishini ilk musobaqalardayoq namoyon etgan. Tuman va viloyat miqyosidagi bir qator bellashuvlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib,  o‘z iqtidorini tobora chiniqtirib bordi.

Uning uchun Chopon-Atadagi chempionat — xalqaro sahnadagi ilk jiddiy sinov bo‘ldi. Ammo yosh maestro bu imtihondan mardonavor o‘tdi.

Akbarshoh  mazkur chempionatda barcha raqiblarini mahorat va izchillik bilan ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. U Markaziy Osiyoning eng iqtidorli yosh shatranjchisi sifatida e’tirof etildi. Bu yutuq nafaqat uning shaxsiy zafari, balki Baxmal va O‘zbekiston shaxmat maktabining yuksak salohiyati, yurtda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samarasidir.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Prezidentimiz rahnamoligida sog‘lom va bilimli avlodni tarbiyalash, bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish, mahallalarda sport to‘garaklarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar bugun o‘zining amaliy natijasini berayotir.

Haqiqat shundaki, har bir g‘alabaning ortida mehnat, matonat va tinmas izlanish turadi. Akbarshoh kabi yoshlarimizning xalqaro musobaqalardagi zafarli ishtiroklari O‘zbekiston sportining yorug‘ kelajagidan darak bermoqda.

O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro shaxmat sahnasida yana bir bor baland ko‘tarildi. Bu esa kelajakda yana ko‘plab baxmallik yoshlar ushbu zafar yo‘lidan ilhom olib, yangi yutuqlarga erishishlariga ishonch uyg‘otadi.

A. Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baxmallik yosh shaxmatchi – Markaziy Osiyo chempioni