Bavosil qutulib bo‘lmas muammo emas (+video)
Bavosil (gemorroy) — to‘g‘ri ichakda yoki anus atrofida joylashgan qon tomirlarning kengayishi va yallig‘lanishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Bu dard asosan o‘tirib ishlaydiganlar, homilador ayollar va qabziyatdan aziyat chekadiganlarda ko‘p uchraydi.
Kasallikning bir necha turlari mavjud. Xususan, ichki bavosil to‘g‘ri ichak ichida joylashgan bo‘lib, boshida og‘riqsiz bo‘ladi, ammo qon kelishi mumkin. Tashqi turida anus atrofida ko‘zga ko‘rinadigan shishlar paydo bo‘ladi, og‘riq va qichishish bilan kechadi. Aralash (kombinatsiyalashgan) turida esa ichki va tashqi gemorroy belgilari bir vaqtda yuzaga keladi.
Alomatlariga kelsak, ich ketgandan yoki hojatdan keyin qon kelishi, og‘riq, ayniqsa o‘tirganda yoki hojatga chiqqanda yuzaga kelsa, qichishish, achishish, anus sohasida shish, tugunlar yuzaga kelsa bu gemorroy belgilari hisoblanai. Ba’zida tugunlar tashqariga chiqib qoladi va o‘z-o‘zidan qaytmaydi.
Kasallikning kelib chiqish sabablari surunkali qabziyat yoki ich ketishi, og‘ir jismoniy ish, og‘ir yuk ko‘tarish, uzoq vaqt o‘tirish (xususan haydovchilar, ofis xodimlari), homiladorlik va tug‘ruq, nosog‘lom ovqatlanish — achchiq va sho‘r, yog‘li taomlarni muntazam iste’mol qilish va stresslar, kamharakatlilik bilan bog‘liq.
Tashxis va davolash usullari, hojatxonada to‘g‘ri o‘tirish va boshqa kasallikni yengillashtiruvchi choralar haqida Milliy tibbiyot markazi Koloproktolog shifokori — Mahliyo Inogamova ma’lumot berdi.
“Salomat bo‘ling” dasturi davomida batafsil
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Z_genNhWu5k?si=Wownyr2C6rhaiVQT" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, A.Sodiqov, U.To‘xtayev, O‘zA