«Bavariya» ustozi mundial vaqtidagi taklifni rad etdi
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani JCh-2026 turnirida ekspert sifatida ishlash taklifini rad etdi.
«Hech qachon! Nima uchun men ta’tilim vaqtida bunday qilishim kerak? Agar shunday qilsam, keyingi mavsumda Myunxenda oilam yonimda bo‘lmaydi. Hech qanday imkoniyat yo‘q», — deya Kompanining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Kompani 2024-yilning yozida «Bavariya» bosh murabbiyiga aylangan edi. Avvalroq myunxenliklar muddatidan oldin Germaniya chempionligini qo‘lga kiritib, ketma-ket ikkinchi bor ushbu sovringa ega chiqishdi.
Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilgi jahon chempionati yozda AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi. Kompanining vatani — Belgiya terma jamoasi «G» guruhida Misr, Eron va Yangi Zelandiya bilan birga ishtirok etadi.