Basketbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogi
Basketbol boʻyicha 17 yosh va undan kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi bahslari boʻlib oʻtdi
Basketbol boʻyicha 17 yosh va undan kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi bahslari boʻlib oʻtdi.
Musobaqada Toshkent shahri, shuningdek Namangan, Samarqand, Xorazm, Navoiy, va Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan 8 ta jamoa aʼzolari gʻoliblik uchun bellashdilar. Musobaqalar ikki guruhga boʻlingan holda oʻtkazildi.
Qiziqarli bahslar ostida oʻtgan kubok musobaqasining dastlabki kungi bellashuvlarida Xorazm, Namangan viloyati hamda Chirchiq shahrining basketbolchilari yaxshi natijalarni qayd etishdi.
Final uchrashuvida Oʻzbekiston mudofaa vazirligining sport klubi jamoasi hamda poytaxtimizning “Elektroapparat” jamoasi oʻzaro roʻbaroʻ kelishdi. Final bellashuvning ikkita boʻlimida ham harbiy sportchilarimizni qoʻli baland keldi.
Oʻzbekiston mudofaa vazirligining sport klubi jamoasi 94:60 hisobida gʻalabaga erishib, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni “Elektroapparat” sportchilari egallashgan boʻlsa, uchinchi oʻrinni Navoiy viloyatining “Soʻgʻdiyona” jamoasi qoʻlga kiritdi.