«Barselona»da 2015-yilgi Chempionlar Ligasi g‘oliblaridan birorta ham futbolchi qolmadi
Germaniyalik darvozabon 2014/15 yilgi mavsumda «Barselona» bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan.
Mark-Andre ter Shtegenning «Ayaks»ga ijara asosida o‘tishi «Barselona» tarixidagi muhim davrning yakunlanganini anglatdi.
Germaniyalik darvozabon 2014/15-yilgi mavsumda «Barselona» bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. Kataloniyaliklar 2015-yilgi finalda «Yuventus»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, turnirda beshinchi bor bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi.
Ter Shtegenning «Ayaks»ga 2026/27 yilgi mavsum uchun ijaraga berilishi ortidan 2015-yilgi Chempionlar Ligasi g‘olib jamoasi tarkibidan «Barselona»da birorta ham futbolchi qolmadi. 34 yoshli darvozabonning ijara muddati 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.
Hozirgi «Barselona» tarkibida Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan futbolchilardan faqat Andreas Kristensen bor. Daniyalik himoyachi 2021/22 yilgi mavsumda «Chelsi» safida Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
Agar Rodri va Joau Kanselu «Barselona»ga qo‘shilsa, jamoa tarkibidagi Chempionlar Ligasi g‘oliblari soni uch nafarga yetadi. Rodri 2022/23-yilgi mavsumda «Manchester Siti» bilan turnirda g‘alaba qozongan.
Shu tariqa, «Barselona»ning 2015-yilda Chempionlar Ligasini yutgan tarixiy tarkibidan klubda hech kim qolmagan bo‘ladi.