“Barselona” Jezus o‘rniga Voltemadeni transfer qilishi mumkin edi
“Barselona” rahbariyati esa Hans-Diter Flik jamoasi uchun Gabriel Jezus mosroq variant, degan qarorga kelgan.
“Barselona”ga yozgi transfer oynasida Gabriel Jezus o‘rniga boshqa hujumchini sotib olish imkoniyati taklif qilingan.
Jurnalist Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklarga “Nyukasl” hujumchisi Nik Voltemade xizmatlari taklif etilgan. Biroq “Barselona” rahbariyati Hans-Diter Flik jamoasi uchun Gabriel Jezus mosroq variant, degan qarorga kelgan.
Natijada “Barselona” Jezus transferini amalga oshirdi. Braziliyalik hujumchining transferi bonuslarsiz 10 million yevroga tushgan va 29 yoshli futbolchi bilan 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.
Voltemade esa yakunda “Nyukasl”dan “Yuventus”ga ijara asosida o‘tgan. Kelishuvda futbolchini sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan.