Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Markaziy Osiyo yosh olimlar nigohida: barqaror taraqqiyot chaqiriqlari va imkoniyatlar» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yosh tadqiqotchilar, magistrantlar, doktorantlar va ekspertlar mintaqadagi asosiy muammolar va barqaror rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.

Shuningdek, mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlar o‘rtasida hamkorlik strategiyalarini muhokama qildilar. Ishtirokchilar mintaqadagi davlatlarning tashqi siyosati, ekologik barqarorlik va integratsiya imkoniyatlari bilan bog‘liq mavzularni ko‘rib chiqdi.

Konferensiya yosh tadqiqotchilar o‘rtasida fikr va tajriba almashish uchun platforma taqdim etdi, bu esa Markaziy Osiyodagi ilmiy doiralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishtirokchilar mintaqaning dolzarb muammolarini hal qilishda hamkorlik qilishning ahamiyatini ta’kidladilar va kelajakda ilmiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish zaruratini ilgari surdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar kelajakda muloqot va hamkorlik tashabbuslarini yanada kengroq davom ettirishga kelishib oldi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barqaror rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi