Barkamol avlod: Xorazmda farg‘onaliklar g‘olib
Xorazmda voleybol bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Barkamol avlod» sport musobaqalarining respublika final bosqichi yakunlandi.
Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan final bahsida Xorazm viloyati jamoasi Farg‘ona jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Keskin kurashlar ostida o‘tgan musobaqada vodiylik voleybolchilar chempionlikka erishdi. 3-o‘rin esa Sirdaryo viloyati jamoasi qizlariga nasib etdi.

Voleybol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi «Barkamol avlod» musobaqalarining respublika final bosqichi o‘yinlari 17 fevral kuni Toshkent shahrida boshlanadi.
Aytish joiz, bugungacha «Barkamol avlod» sport o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan 12 ta sport turining 4 tasida musobaqalar tashkil etilgan bo‘lsa, oldinda yana 8 ta yo‘nalishdagi bahslar o‘tishi kutilmoqda.

O‘zA