Barchasi xavfsiz hayot uchun
Xorazm viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash, xududlardagi huquqbuzarliklarni kamaytirish va barvaqt oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz hayot uchun " aksiyasiga start berildi.
Mamlakatimizda joriy yilning 1 mart kunidan boshlab “Xavfsiz hayot uchun” aksiyasiga start berildi. Unga ko‘ra, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan sharoitlarni mahallalarda Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari va tuman-shahar IIB boshliqlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektorlari va keng jamoatchilik ishtirokida muntazam ravishda haftaning har shanba kuni “mahallabay” tarzda muhokama qilinishi ta’minlanmoqda.
Oylik davomida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini barvaqt oldini olish yuzasidan yo‘l harakati qoidalarini hamda madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tushuntirishlar olib borilmoqda.

–Aksiya doirasida oliy ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari sohasida nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish borasida ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida haqiqiy sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari roliklarini namoyishi bilan o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, aybdor qoidabuzarlarga “qonun ustuvor – jazo muqarrar” ligi hayotiy misollar bilan yoritib berilishi nazarda tutilgan, – deydi Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Masharipov. – Shuningdek, umumiy, o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida “Zakovat”, “Quvnoqlar va zukkolar” viktorinalari o‘tkaziladi. Mahallalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va umumta’lim maktablarida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maydonchalari va sinfxonalarida “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi”, “Yashil chiroq”, “Yo‘l harakati xavfsizligi bilimdoni” kabi musobaqalarni tashkil etish harakatlari olib borilmoqda.
Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarga “Xavfsiz hayot uchun” tadbirlarining dastlabki kunlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yo‘llarda sodir bo‘layotgan ayanchli yo‘l transport hodisalari aks etgan videoroliklar ham namoyish etildi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/SJK0GEL5py4" title="Барчаси хавфсиз ҳаёт учун" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Ta’kidlandiki, oylik doirasidagi tadbirlarda mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektori, MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faollari hamkorligida yoshlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmaslik hamda ularning qurboni bo‘lib qolmaslik ruhida tarbiyalash borasida malakali psixologlarni jalb qilgan holda muhokamalardan keyin yakka tartibda ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Sutkaning qorong‘u vaqtida piyodalar, ayniqsa, bolalar va velosipedchilar bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarning oldini olish maqsadida nur qaytargichli jiletlar tayyorlanishi, velosipedchi va piyodalar, ayniqsa o‘quvchilarga nur qaytargichli jiletlar tarqatilishi belgilangan. Joriy yilning 5 mart kuni esa aksiya doirasida viloyat markazlarida “Xavfsiz hayot uchun” megamarafonlari, ya’ni velosipedchi va piyodalar yurish marafonlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ahmadjon SHOKIROV,
O‘zA