O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida 2022-2025 yillarda Samarqand viloyatida 10 ming o‘rinli 25 ta talabalar turar joyi qurish rejalashtirilgan.

Jumladan, joriy yilda viloyatda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 7 ta talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi belgilangan. Shu paytgacha Samarqand davlat chet tillar instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali yotoqxonalari foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, yangi o‘quv yilida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi yotoqxonalari talabalarni qabul qildi.  

Mazkur talabalar turar joylari “Samarqand Sheben klass” MCHJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, bugungi kunda mo‘’jaz talabalar shaharchasiga aylanayotgan maskanda bunyod etildi.  

Jumladan, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 240 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishiga 8,5 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. Yotoqxonada talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Xonalar 4, 6 va 8 kishilik bo‘lib, talabalar bilan o‘quv yili yakuniga qadar shartnoma tuzilgan va turar joy o‘rniga qarab narxlar belgilangan. Bino tomiga 50 kVt quyosh paneli o‘rnatilgan va bu elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlaydi.  

Ushbu hududda 2024-2025 o‘quv yilida institutga qarashli 600 o‘rinli yana bitta talabalar turar joyi va uning yonida maishiy xizmat ko‘rsatish markazi ishga tushiriladi. Markazda savdo kompleksi, sport bilan shug‘ullanish uchun zal, kimyoviy tozalash shoxobchasi, atele, sartaroshxona hamda oshxonalar faoliyat boshlaydi.  

– Institutimizda hozirda to‘qqiz ming nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda, – deydi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori M.Po‘latov. – Shundan to‘rt ming nafari kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydi va 1600 nafar talabaning yotoqxonaga ehtiyoji bor. Bu yil institutimizga qarashli 375 o‘rinli talabalar turar joyida ham 1,2 milliard so‘mlik ta’mirlash ishlari olib borildi. Umuman, hozirda 615 nafar talabamiz yotoqxonalarga joylashmoqda, qolgan talabalarga ijara uylaridan joy topishlari uchun yordam beriladi. 

Samarqand davlat tibbiyot universitetining besh qavatli yangi talabalar turar joyi 620 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uning qurilishiga 19 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. Yil oxiriga qadar Samarqand davlat universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida har biri 450 o‘ringa mo‘ljallangan ikkita talabalar turar joylari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.  

Shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialida bittadan talabalar turar joyi qurilishi belgilangan.  

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barchasi talabalar uchun: zamonaviy yotoqxonalar qurilishi davom etmoqda