Buxoro viloyati Romitan tumanidagi mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish barobarida xonadonlarga parranda, qo‘y-qo‘zi va qoramol tarqatilmoqda. Issiqxona tashkil etib berilayotir.

Tumanda issiqxonalar tashkil etish uchun "Buxoro Markaziy ta’minot–tomorqa xizmati" MCHJ, chorva mollarini tarqatish bo‘yicha “Urganjiyon chorva chashmasi” fermer xo‘jaligi, quyonchilikni rovojlantirish yuzasidan “Romitan Eko quyonlari” MCHJ, parrandachilik tarmog‘ini jonlantirish uchun “Romitan parranda kelajak ravnaq” hamda “Chashmai Ayub” MCHJ lari bilan kelishuv shartnomalari imzolangan.

Bu jarayonda “Mikrokreditbank”, “Agrobank” hamda “Xalq banki” tuman filiallari uch yil muddatga imtiyozli tartibda, yillik 14 foizli kredit sarmoyasi bilan ehtiyojmand aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlamoqda. Moliya muassasalari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘i umumiy qiymati tuman miqyosida 1 milliard 785 million so‘mga teng. Uyma-uy yurib o‘rganishlardan so‘ng hududdagi 79 ta xonadon tomorqasida umumiy maydoni 4,8 gektarda issiqxona qurib berish, 83 ta xonadonga 424 bosh qo‘y, 32 ta xonadonga 40 bosh qoramol yetkazib berish ishlari tugallanmoqda. Xuddi shunday, 20 ta xonadonga 44 bosh kurka, 95 ta xonadonga 14 mingdan ziyod tovuq, 9 ta xonadonga 22 bosh quyon yetkazib berilgani ularning moddiy manfaatdorligini oshirishi uchun yaxshi imkoniyat.

Hozirda hududdagi 1-sektor tasarrufidagi Azizon, Baxtiyorchi, O‘zbekiston, 2-sektorga qarashli Chandir, Toshrabot, G‘azberon, 3-sektordagi Tarnaut, Bog‘cha, Mirishkor, 4-sektorning Bog‘isaydon, Bog‘iturkon, Qumrabot kabi mahalla va qishloqlarida ehtiyojmand aholiga chorva mollari, parranda, quyon tarqatilmoqda.

– Nazarobod, Mahallaqozi, Xo‘jaobod, Arablar, Cho‘pon kabi 9 ta qishloqni o‘zida jamlagan “Tarnaut” mahalla fuqarolar yig‘inida 1 ming 268 ta oila va 5 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilmoqda, – deydi hokimning mazkur mahalladagi yordamchisi Nasim Ochilov. — Nazarobod qishlog‘ida og‘ir sharoitda yashayotgan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvvatlash maqsadida turli sabab bilan foydalanilmasdan, qarovsiz qolgan 2 gektarli shishakori issiqxona qayta obod qilinib, o‘g‘itlab, shudgordan chiqarildi. 15 ta oilaga teng bo‘lib berildi. Bank imtiyozli kredit mablag‘i esa bu oilalarning mehnatga layoqatli ikki a’zosiga rasmiylashtirildi. Shu kecha-kunduzda issiqxonada ish qizg‘in. Uning egalari sug‘orish, ekishga tayyorlash ishlarini boshlagan. Xuddi shunday, hududdagi sobiq mashina–traktor parki tasarrufida bo‘lgan va bugunda tashlandiq holga kelgan 1 gektarli issiqxona ham rasman hokimlik balansiga o‘tkazilgani holda qishloqdagi 10 ta oilaga 10 sotixdan o‘lchab berildi. 20 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, yana 2 gektar qarovsiz, nazoratsiz yotgan alohida yer maydonida endilikda aholiga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish xizmatini joriy etish, qurilish-butlash ishlarini olib borish maqsadida 48 ta lotga ajratilib, loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda. Demak, yaqin oylarda mazkur tashabbus tufayli ellikdan ortiq oilaning bandligi va moddiy manfaatdorligi ta’minlanadi.

Nilufar Niyozova Sardaripoyon qishlog‘ida ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan istiqomat qiladi. Boquvchisini yo‘qotgani bois bu xonadonga “Urganjiyon chorvachi” fermer xo‘jaligidan 1 bosh zotdor qoramol, 6 bosh qo‘y, 4 bosh kurka olib berilgan. Rasmiylashtiruvdan so‘ng N.Niyozova nomiga 18 million so‘m bank kredit mablag‘i 3 yil muddatda qaytarish sharti bilan 6 oy imtiyozli davri bilan berilgan. Xuddi shunday, tarnautlik Aliyor Olimov hamda Xo‘jaobod qishlog‘ida yashovchi G‘aybullo Baxshullayev oilasiga 1 boshdan zotdor qoramol, 10 boshgacha qo‘y va 4 boshdan kurka rasmiylashtirib berilgan. Bu har bir oilaga 30 million so‘m atrofida imtiyozli kredit sarmoyasi deganidir. Faqat shu bilan kifoyalanmasdan, ayni payttda o‘ttizga yaqin xonadonga sim — dugali issiqxona qurib berib, to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlari va ko‘kat yetishtirish joriy qilinayotgan bo‘lsa, “Temir”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan yana shuncha oilaga hududda chorva molari, quyon, parranda tarqatish ishlari davom ettirilmoqda.

Zarif Komilov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barchasi aholi farovonligi uchun