Mana yettinchi yildirki sentyabr oyining 3-shanbasi yurtimizda Butunjahon tozalik kuni sifatida nishonlanadi. Bu yil ham mazkur sana munosabati bilan Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida “Hayot uchun joy ajrating!” shiori ostida ommaviy ploging ekologik aksiyasi o‘tkazildi.

Dastlab viloyatda ekologik barqarorlikni ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlar, obodonlashtirish, tozalik va ozodalikni saqlash borasidagi tadbirlar haqida so‘z yuritildi.  

– Butunjahon tozalik kuni – bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etib, dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelgan va 50 ming nafar ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashgan, – deydi viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurali Boltayev. – Bugungi kunga kelib esa 200 ga yaqin mamlakatda mazkur sana munosabati bilan tozalik ishlari amalga oshiriladi. Yurtimizda esa ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlar 2019 yildan o‘tkazila boshlandi.

Ekologik aksiyada tizim xodimlaridan tashqari Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi, “Mironshoh komfort” va “Stimul Navoiy” MCHJlar xodimlari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, Navoiy viloyati Yosh ekologlar harakati a’zolari, atrof-muhitga befarq bo‘lmagan davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Aholining ekologik madaniyatini yanada oshirish, hududlarni chiqindilardan tozalash va bu borada xalqaro hamjamiyat tajribasini ommalashtirishga yo‘naltirilgan aksiya ishtirokchilari Navoiy shahridagi istirohat bog‘i hududini har xil keraksiz chiqindilardan tozalash ishlarida faol ishtirok etdi.

Musobaqa tarzida o‘tkazilgan loyiha doirasida ishtirokchilar 3 ta guruhga bo‘linib, bir tonnadan ortiq chiqindi yig‘di.

Bugungi aksiyada katta yoshdagi ishtirokchilar bilan bir qatorda 7-10 yoshlar atrofidagi bolalarning ishtirokini kuzatish mumkin. Ular ham turli chiqindi bo‘laklarini yig‘ishda faol ishtirok etdi. Bu albatta, ko‘ngilga xush yoquvchi holatlardan biri. Tabiatga mehr oiladan shakllanadi. Tabiatni, atrof-muhitni asragan insondan esa yomonlik chiqmaydi, deyishadi yoshi ulug‘lar.

Ekoaksiya so‘nggida Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan faol ishtirokchilar, jumladan, bolajonlarga minnatdorlik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barchamiz birdek mas’ul bo‘lgan aksiya