Barcha ishtirokchilar – yagona maqsad yo‘lida birlashdi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahrida “Inson uchun” shiori ostida inklyuziv yugurish marafoni tashkil etildi.
Mazkur tadbir jamiyatda tenglik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy hayotga faol jalb etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham boshqalar bilan bir yo‘lda, bir manzil sari intilishini, yagona maqsad yo‘lida harakat qilishini ramziy ifodalaydi.
Marafonda 350 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxs ishtirok etdi.
Jami 4 ta toifa – ko‘zi ojizlar, eshitishida nuqsoni bor shaxslar, tayanch-harakat tizimida muammosi bo‘lganlar hamda nogironlik aravachasida harakatlanuvchi ishtirokchilar orasidan g‘oliblar aniqlandi.
[gallery-28784]
Yakunda turli masofalar va toifalar bo‘yicha ayollar va erkaklar yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 22 nafar ishtirokchi medal hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA