Bank tizimini isloh qilish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buni xalqaro standartlarga mos keluvchi bank qonunchiligini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin.

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini isloh qilishning yangi bosqichi boshlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Biroq, xalqaro standartlar asosida olib boriladigan nazorat choralariga qaramasdan banklarning moliyaviy inqirozga uchrash ehtimoli yo‘q emas.

Amaldagi qonunchilikda banklarni sanatsiya qilish mexanizmi mavjud bo‘lmasdan, to‘lovga qobiliyatsiz banklar “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun asosida majburiy tugatib kelinmoqda. Ammo, yirik banklar to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda ularni majburiy tugatish bank tizimi inqirozini keltirib chiqarishi mumkin.

Mamlakatimizda banklarni sanatsiya qilish mexanizmining mavjud emasligi mazkur sohada huquqiy asoslar yaratishni taqozo etgan. 

Bu fikrlar Senat yalpi majlisida “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi jarayonida qayd etildi. 

Qonun bo‘yicha ma’ruza qilgan Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Qonun shu maqsadga xizmat qiladi. Unda banklarni sanatsiya qilish va tugatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, sanatsiya vositalaridan samarali foydalanishga doir huquqiy asoslar joriy etilmoqda.

Aytib o‘tish kerakki, 2007-2008 yillarda ro‘y bergan jahon moliyaviy inqirozi ilg‘or xorijiy tajriba, xususan, Bazel qo‘mitasi tavsiyalari asosida olib boriladigan nazorat choralariga qaramasdan banklarning moliyaviy inqirozga uchrash ehtimoli yo‘q emasligini hamda sanatsiya qilish tartibini joriy qilish zarurligini ko‘rsatdi.

Qonun bilan banklarni sanatsiya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organi, sanatsiya qilishning maqsadlari va prinsiplari, sanatsiya qilishni boshlash uchun asoslar, sanatsiya qilishni moliyalashtirish mexanizmlari, shuningdek, banklarni ixtiyoriy va majburiy tugatish tartibi belgilanmoqda.

Senatorlar ma’qullagan qonun bilan banklarni sanatsiya qilish tizimi joriy etiladi. To‘lovga layoqatsiz banklarni iqtisodiyot va bank tizimiga salbiy ta’siri kamaytiriladi. Banklarning o‘ta muhim vazifalari va xizmatlari uzluksizligini ta’minlaydi. Omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish hamda mijozlarning bank tizimiga ishonchini oshirish imkonini beradi.

Norgul Abduraimova,

Nosirjon Haydarov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Banklarni sanatsiya qilish mijozlarning bank tizimiga ishonchini oshirish imkonini beradi