Bank yangi binoda ish boshladi
Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami munosabati bilan Xalq banki Sirdaryo viloyati filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami munosabati bilan Xalq banki Sirdaryo viloyati filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar jarayonida tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari ko‘lami muntazam kengaytirilib, mijozlar uchun ko‘plab qulayliklar yaratilayotgani aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Bu yerda “Zafar qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan 5 milliard 700 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.
Ayni paytda viloyatda Xalq bankining 10 filiali faoliyat yuritmoqda. 7 tuman va shahardagi filiallar binosi kapital ta’mirdan chiqarilgan bo‘lsa, Sardoba va Xovos tumanlaridagi filiallar binosi yangidan barpo etildi.
– Zamonaviy tarzda jihozlangan yangi binoda xodimlar uchun ham, mijozlar uchun ham barcha sharoit yaratildi, – deydi Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali rahbari B.Botirov. – Bu xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish va sifatini yanada yaxshilash imkoniyatini beradi. Ayni paytda bu yerda 94 nafar xodim 1 ming 300 ga yaqin yuridik, 53 mingdan ziyod jismoniy shaxsga namunali xizmat ko‘rsatmoqda.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.