Bank xodimlari tadbirkorlar huzurida
Banklar tomonidan mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan sohalar bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil qilinib kelinmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Buxoroda turizm va ipakchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlar bilan o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari A.Olimov, viloyat turizm boshqarmasi, viloyat ipakchilik uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi mas’ullari va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ishtirokchilarga turizm va pillachilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, 40 nafardan ortiq tadbirkorlarning muammo va takliflari eshitildi. Murojaatlar asosan kredit ajratish, kommunal soha, soliq hamda boshqa yo‘nalishlarda kelib tushdi.

Tushgan murojaatlar yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi va tegishli vazirlik, idoralarga ijrosini ta’minlash uchun yuborish bo‘yicha kelishib olindi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.