🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Bank xodimlari pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qildi

Bank xodimlari pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qildi
Jamiyat
Tanlaş
12:53 / 03.05.2021

Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmatining xabar berishicha, Departamentning Asaka tumani bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Andijon viloyati filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bankning Asaka filiali sayyor kassa hisobchi-nazoratchilari N.Q. va S.R. 158 nafar fuqaroning jami 90,3 million so‘m pensiya va nafaqa pullarini tarqatmasdan to‘lov qaydnomalarida imzolarni soxtalashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek, bank filialining sobiq rahbari U.Yu. va boshqalar “E.D.” MCHJ tomonidan kredit mablag‘ini to‘liq so‘ndirish uchun to‘langan 58 million so‘mni bankka kirim qilmasdan o‘zlashtirganligi, qilmishlarini yashirish maqsadida notarial idoraga soxta hujjatlar taqdim qilib, garovdagi mulkka qo‘yilgan taqiqni bekor qilganliklari aniqlangan.

Yana bir holatda Uzun tumanida 120 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘i o‘zlashtirilganligi aniqlandi.

Departamentning Uzun tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.X. AT “Xalq banki” tuman filialining mas’ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, ularning xabardorligisiz va imzolarini qalbakilashtirish orqali 120 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Sh. Mamaturopova, O‘zA

Muallif: shaxnozamamaturopova