Bank xodimi jamoat joylarida ham boşqalarga örnak bölişi şart
“Özmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyat boş boşqarmasida korrupsiya va tamagirlikning oldini olib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş masallariga bağişlangan tadbirda şu haqda ham atrofliça fikr bildirildi.
“Özmilliybank” aksiyadorlik jamiyati viloyat boş boşqarmasi, bank xizmatlari markaz va ofislari xodimlari iştirok etgan tadbirda korrupsiya va tamagirlikning oldini oliş, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, bank xodimlarining tartib intizomi, muomala madaniyati, korporativ etika Kodeksi va boşqa bank normativ qoidalariga hamda bank binosiga kiriş-çiqiş tartibiga amal qiliş böyiça belgilangan qoidalarga rioya etiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Unda boşqarma boşliği Bobur Mamarajabov mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi kuraş yuzasidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar bank-moliya tizimining barqarorligini taʼminlab, sohada oşkoralik, şaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillarini töliq qaror toptirişga xizmat qilayotgani xususida söz yuritdi.
Mamlakatimizda joriy yilning korrupsiyaga qarşi kuraşişda “favqulodda holat” yili, deb eʼlon qilingani mazkur yönalişdagi işlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqib, profilaktika va nazorat mexanizmlarini yanada kuçaytirişni taqozo etganini taʼkidladi. Şunga muvofiq “Özmilliybank” aksiyadorlik jamiyati tizimida korrupsiya omillarini töliq bartaraf etiş, moliyaviy jinoyatlarning oldini oliş, içki nazorat mexanizmlarini takomillaştiriş va bank faoliyatida qonuniylik, halollik hamda şaffoflik tamoyillarini yanada mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilayotgani, biroq, ayrim xodimlar içki tartib buzilişiga yöl qöyib, öz vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgani qayd etildi. Viloyatda öz örniga ega bankda yuz bergan xato-kamçilik uçun birinçi navbatda uni sodir etgan xodim javobgar bölişi, moddiy manfaat uçun işlayotganlarga bankda aslo örin yöqligi haqida jiddiy ogohlantirildi.

Boş boşqarma korrupsiyaning oldini olişni muvofiqlaştiriş bölimi boş mutaxassisi B. Hakimov bank tizimida korrupsiya va tamagirlikning oldini oliş, bank xizmatlarini körsatişda qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilişini taʼminlaş, bank xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, öz mansab yoki xizmat majburiyatni beğarazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajariş haqida maʼlumot berdi.
Tadbirda banklar xodimlari sodir etayotgan jinoyatlarni muhokama etib, bunday noxuş holatlar sodir etilişiga yöl qöymaslik, kredit tölovlari uçun olingan pullarni tölovlar amalga oşirilmasdan öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborişdan huşyor böliş, aks holda jinoyatga jazo muqarrarligi töğrisida gaplaşib olindi.
Tadbir yakunida xodimlarning iş vaqtidan böş davrida ham jamoat joylari, jumladan, umumovqatlaniş maskanlarida, töy-tomoşalarda özini tuta bilişi, bank xodimi obrösi va nomiga doğ tuşirmasdan boşqalarga örnak bölişi xususida ham fikr almaşildi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri