Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi moliyaviy tizimni modernizatsiya qilish sharoitida aholining bank xizmatlari sifatiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish maqsadida so‘rov o‘tkazdi.

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonning barcha hududlaridan 1100 nafardan ortiq bank xizmatlaridan foydalanuvchilarni qamrab oldi. Tahlil natijalari bank mijozlarining kreditlash va depozit xizmatlaridan tortib raqamli vositalar va maslahat ishlariga bo‘lgan turli yo‘nalishlardagi xizmatlarga nisbatan munosabatini aks ettiradi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank sektori barqaror o‘sish va investitsiyalarni faol jalb etishni namoyon etmoqda. So‘nggi 5 yil davomida banklarning umumiy kapitali ikki barobarga oshgan, kredit portfeli esa 2,3 barobarga ko‘paygan. Yillik ajratiladigan kreditlar hajmi qariyb ikki barobar o‘sgan.

Ayniqsa, banklarning hududlardagi faoliyatini kengaytirish va aholi uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2025 yildan boshlab banklar tuman filiallarida mahallalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus bo‘limlarni tashkil etishni boshladi. Mazkur tizim “Milliy bank” tomonidan 967 ta, “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan 727 ta mahallani qamrab oladi.

Tadqiqot natijalari aholining bank plastik kartalari bilan keng qamrovli ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda: so‘rov ishtirokchilarining 94 foizi kamida bitta faol bank kartaga ega ekanligini bildirdi. Kartalarning banklar bo‘yicha taqsimoti shuni ko‘rsatadiki, mijozlar ko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir nechta bankning kartalaridan foydalanishni afzal ko‘rmoqda.

Ayrim toifalar, jumladan, o‘zini o‘zi band qilganlar va davlat korxonalari xodimlari bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” mijozlarining ulushi boshqa banklar ko‘rsatkichlaridan yuqori. Masalan, ushbu bank mijozlarining 25,4 foizi xususiy sektorda faoliyat yuritadi.

Tahlil shuni ko‘rsatdiki, ushbu bank xizmat ko‘rsatish sifatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha umumiy bank sektori fonida o‘zining barqaror pozitsiyani saqlab kelmoqda. Xususan, “O‘zsanoatqurilishbank” mijozlarining 84 foizi xizmat ko‘rsatish muddatlariga rioya etilishini ijobiy baholagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich umumiy bank sektori bo‘yicha qariyb 80 foizni tashkil etadi. Bank xizmatlari sohasida mijozlarning 82,4 foizi muammolar tez va samarali hal etilayotganini ijobiy baholagan.

Depozit xizmatlari bo‘yicha qamrov darajasi respondentlar umumiy sonining 20 foizini tashkil etadi, banklar o‘rtasidagi farqlar aniq emas.

Tijorat banklarida depoziti bor respondentlarning 64 foizi o‘zlarining ish haqi plastik kartasiga xizmat ko‘rsatadigan bankda omonot ochganliklarini bildirgan.

Depozit xizmatlaridan umumiy qoniqish darajasi taxminan 90 foizni tashkil qiladi. Mijozlarning ko‘pchiligi ko‘rsatilayotgan xizmatdan mamnun. Faqatgina 4 foiz respondent xizmat ko‘rsatish sifatidan to‘liq qoniqmasligini, 1 foizi esa bankni o‘zgartirish niyatida ekanligini bildirgan.

Kreditlar bo‘yicha so‘rovda qatnashgan respondentlarning 51 foizi joriy kredit majburiyatlariga ega. Shu bilan birga, qarz oluvchilarning 55 foizi ish haqi kartasiga xizmat ko‘rsatadigan bankdan kredit olgan. Kredit olganlarning 77 foizdan ortig‘i o‘z bankidagi shartlar va xizmatlardan to‘liq mamnunligini bildirgan bo‘lsa, boshqa banklar mijozlari orasida ham bu ko‘rsatkich 82 foizdan ortiqni tashkil etadi.

Aksariyat respondentlar bank xizmatlarini yanada yaxshilash zarurligini qayd etgan. Eng katta e’tibor kredit segmentiga qaratilmoqda, buni ishtirokchilarning 38 foizi qayd etgan. To‘lov xizmatlari muhimligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi, bu respondentlarning 25 foizi tomonidan qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda pul o‘tkazmalari (11 foiz), depozitlar (9 foiz) va valyuta operatsiyalari (9 foiz) qayd etilgan. Bu yo‘nalishlar kamroq muammoli deb hisoblanishiga qaramay, ular ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 63 foizi xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘zlari yashaydigan hududda joylashganini ta’kidladi. Bu esa aholiga bank xizmatlari ko‘rsatishning ancha yuqori darajada mahalliylashtirilganidan dalolat beradi. 
Respondentlarning 32 foizi bank tanlashda xizmat ko‘rsatish sifatiga e’tibor beradi.

Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning 28 foizi bank tanlashda yaqinlari va tanishlarining tavsiyalari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlagan. Bu tavsiyalar muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Xizmatlarning oson va qulay bo‘lishi tadqiqotda qatnashganlardan 21 foizi uchun bank tanlashda asosiy omil sifatida qayd etilgan. Shu bilan birga, 14 foiz respondentlar uchun bankning ishonchliligi va tezkorligi bir xil muhim hisoblangan.

Bank brendlarini tanlashda asosiy manba sifatida ko‘pchilik, ya’ni 70 foiz respondentlar do‘stlarning tavsiyalariga tayangan. “O‘zsanoatqurilishbank” mijozlari orasida bu ko‘rsatkich yanada yuqori, ya’ni 73 foizni tashkil qiladi. Rasmiy raqamli manbalar, jumladan, internet saytlari orqali ma’lumot oluvchilar soni ahamiyati jihatidan ikkinchi darajali vosita sifatida baholangan bo‘lib, so‘rov ishtirokchilarining 14 foizi tomonidan qayd etilgan. 

Tadqiqot natijalari ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” mobil ilovasi (SQB Mobile) mijozlar tomonidan yuqori baholangan. Bank mijozlari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 62 foizi bu ilovani “juda qulay” deb baholagan. Boshqa banklarda bu ko‘rsatkich sezilarli darajada past bo‘lib, atigi 24 foizni tashkil etadi.

O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston bank tizimidagi o‘zgarishlar fonida mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish darajasi barqaror o‘sib bormoqda. Aksariyat respondentlar tijorat banklari faoliyatining kreditlash, depozit mahsulotlari, to‘lov va valyuta operatsiyalari kabi asosiy yo‘nalishlarini ijobiy baholamoqda. Shu bilan birga, raqamlashtirish, depozit mahsulotlari qamrovini kengaytirish va xizmat shartlarining shaffofligini ta’minlash bo‘yicha ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank sektoriga nisbatan aholi munosabatining baholanishi