| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Bank-moliya akademiyasida qabul davom etmoqda

Tijorat banklari, moliya hamda davlat boshqaruv tashkilotlarining murojaatlarini inobatga olgan holda Uchinchi ochiq keys chempionatining 3-turi e’lon qilinadi.
Keys-chempionat g‘oliblari, test topshirib, suhbatdan o‘tib, Akademiya tinglovchilari safidan joy egallaydilar va 12 oydan keyin MVA diplomini qo‘lga kiritadilar
Qabulda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 1 dekabr kuni soat 24:00 gacha davom etadi.
3-Keys chempionatning 3-tur taqvimi:
- 1 dekabrgacha ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- 2 dekabrgacha jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- 3 dekabrda keys-topshiriqlarini e’lon qilish;
- 10 dekabrgacha bajarilgan keys vazifalarini qabul qilish;
- 12 dekabrgacha keysni baholash natijalarini e’lon qilish;
- 18 dekabrgacha test sinovlarini o‘tkazish;
- 25 dekabrgacha suhbat natijalarini e’lon qilish;
- 28 dekabrgacha final g‘oliblarini taqdirlash;
- 30 dekabrgacha qabul komissiyasi qarorini e’lon qilish.
Ro‘yxatdan o‘tish qabul.bfa.uz/ orqali amalga oshiriladi.
Keys chempionati tashkiliy qo‘mitasi
Reklama huquqi asosida
Muallif: uza




