Bugungi kunda bank xizmatlari turlari ko‘payib, ulardan foydalanish, ayniqsa, kredit olish tizimi soddalashib boryapti. Maishiy texnikadan tortib kiyim-kechak, oziq-ovqatlarni ham “hozir olib, keyin to‘lash” imkoniyati mavjud.

Zamonaviy tezkor bank xizmatlarining ko‘payishi yurtdoshlarimizga qulaylik yaratayapti, albatta. Ammo olingan pul mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lab bormaslik bank yoki nobank tashkilotlari bilan mijoz o‘rtasida muammolar keltirib chiqaradi.  

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Banklar va ularning xizmatidan foydalanuvchi fuqarolar o‘rtasida vujudga kelayotgan muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.  

— So‘nggi paytlarda kredit yoki mikrokredit olgan fuqarolarning bank kartalaridan, shuningdek, ularning kafillari kartalaridan ruxsatsiz pul mablag‘larini yechish holatlari ko‘paymoqda, — dedi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov. — Bu esa amaldagi qonunchilik talablari buzilishiga sabab bo‘layapti. Masalan, Fuqarolik kodeksining 783-moddasiga binoan, mijozning ko‘rsatmasisiz pul mablag‘larini yechish faqat sud qarori bilan yoki fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda belgilangan yoki bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yiladi. Boshqa vaqtda esa karta egasining ruxsatisiz pul yechib olinishi noqonuniy harakat sanaladi.  

Mazkur masala O‘zXDP ning hududiy tashkilotlari va deputatlik birlashmalari tomonidan deyarli barcha hududlarda o‘rganib chiqilgan bo‘lib, qator muammolar mavjudligi aniqlangan. Xususan, qarz oluvchi bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida qarz oluvchining bank kartalaridan mablag‘larni akseptsiz tarzda yechib olish yuzasidan shartnoma tuzilmagan va bunday huquqning nobank tashkilotlariga berilishi qonunchilikda ko‘zda tutilmagan. Tijorat banklari tomonidan fuqarolarning bank kartalaridagi pul mablag‘larini ushbu bank kartalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlamagan holda hisobdan chiqarilishiga (shuningdek, bunday imkoniyatni sug‘urta tashkilotlari uchun yaratilishiga) yo‘l qo‘yilganligi faktlari iste’molchilarining huquqlari buzilishiga olib kelmoqda. Yana bir jiddiy masala fuqarolar nomidagi bir nechta kartadan kredit qarzdorligi uchun pul yechib olinayotgani bilan bog‘liqdir, — dedi fraksiya rahbari.  

Shuningdek, yig‘ilishda mobil ilovalar orqali kredit olish imkoniyatlari kengayayotgani ta’kidlandi. Qayd etilganidek, rasmiylashtirish jarayonlarida odatda qarz oluvchi fuqarodan tashqari yana bir necha yaqinining mobil raqami ham so‘raladi. Mijoz ularni kiritgach, o‘sha insonlar o‘zi xabardor bo‘lmagan holda bevosita kafilga aylanmoqda. Qarz olgan shaxs kreditni o‘z vaqtida qaytarmasa, uning tanishiga bank tomonidan murojaatlar qilina boshlaydi.  

Fraksiya a’zolari mazkur holatlar partiya elektorati manfaatlariga zidligini, qolaversa, barcha fuqarolarning huquqlari buzilishiga olib kelayotganini ta’kidladi. Bu kabi muammolar va ularning yechimi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutaxassislarining hamda partiya Markaziy Kengashi va hududiy kengashlaridagi faollarning takliflari tinglandi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank mijozining ruxsatisiz kartalardan pul yechish holatlari ko‘paymoqda