Gohida yurtdoshlarimiz tomonidan bank kartasi orqali ko‘p pul o‘tkazmalari amalga oshirilgani va o‘z-o‘zidan plastik kartasi bloklanib qolgani aytiladi.

Aslida bank kartasi orqali qancha miqdorda pul o‘tkazmalari amalga oshirilsa, karta bloklanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining qaroriga asosan Ichki nazorat qoidalari tasdiqlangan.

Mazkur Ichki nazorat qoidalariga ko‘ra, mijozning bank kartasidan bank mobil ilovasi orqali bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng ya’ni bugungi kunda 187,5 mln. so‘m yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablag‘larini bir yoki bir nechta bank kartalariga elektron hamyonlarga o‘tkazilishi yoki kelib tushishi shubhali operatsiyalar deb tavsiflanadi.

Shubhali operatsiya haqidagi xabar banklarning Ichki nazorat xizmati tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.

Mazkur holatda banklar tomonidan mijozlarning kartalari avtomatik ravishda bloklanmaydi.

Biroq bunday amaliyotlarni doimiy bajarib kelayotgan mijoz yuqori riskli baholanib, uning pul mablag‘larining kelib chiqish manbalari bank tomonidan lozim darajada tekshiriladi. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar va mablag‘lar qonuniyligi bo‘yicha axborotlar taqdim etilmasa, bank mijoz bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.

Shuningdek, bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar sodir etilgan taqdirda Markaziy bankning majburiy ko‘rsatmasiga asosan bank kartalari va hisobvaraqlari, mobil ilovalardagi akkauntlar hamda elektron hamyonlardan foydalanish uch kungacha muddatga vaqtincha bloklanadi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank kartasi orqali ko‘p pul o‘tkazmalari amalga oshirilsa, karta bloklanadimi?