O‘zbekistondagi ayrim bank ilovalarida HUMO kartalari orqali to‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda uzilishlar kuzatilmoqda.
HUMO to‘lov tizimi holat bo‘yicha rasmiy izoh berdi.
Muammo yaqin vaqt davomida bartaraf qilinadi. Shuningdek, ushbu muammo barcha mobil ilovalarda yuzaga kelmaganligini ma’lum qilamiz – deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, terminallar va bankomatlar odatdagidek tartibda ishlamoqda. Markaziy bank mutaxassisi Hushvaqt Azizovning ma’lum qilishicha, hozirda HUMO kartalarida profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zA