Bandlik masalasi doimiy e’tiborda
Farg‘ona huquqshunoslik kollejida huquqshunoslik, ijtimoiy masalalar huquqshunosi va xo‘jalik masalalari huquqshunosi yo‘nalishlarida o‘rta-maxsus ma’lumotga ega mutaxassislar tayyorlanadi.
Farg‘ona huquqshunoslik kollejida huquqshunoslik, ijtimoiy masalalar huquqshunosi va xo‘jalik masalalari huquqshunosi yo‘nalishlarida o‘rta-maxsus ma’lumotga ega mutaxassislar tayyorlanadi.
Bir ming ikki yuzga yaqin yoshlar tahsil olayotgan ta’lim maskanida puxta bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ayni paytda joriy o‘quv yilida bitiradigan 414 nafar yoshning kelgusi bandligini ta’minlash maqsadida tegishli korxona va tashkilotlar bilan uch tomonlama shartnomalar tuzilmoqda.