Balog‘at ilmi lingvopoetikaning asosi sifatida
Munira KARIMOVA mustaqil izlanuvchi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, Oʻzbekiston munirakarimova611@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishi bo‘lgan lingvopoetika xususida so‘z yuritilgan. Adabiy matnning til unsurlari, ularning vazifasi tadqiq etilgan. Shu bilan birga lingvopoetika arab tilshunosligidagi balog‘at ilmi bilan qiyoslanib, ularning aynan bir negizdan kelib chiqqani ilmiy asoslab berilgan. Arab tilshunosligidagi mavjud balog‘at ilmining rivojlanish bosqichlariga ham to‘xtalib o‘tilib, bu fan aslida qanday shakllangani atroflicha o‘rganilgan. Matnda urtimiz va jahon tilshunos olimlarining mavzu doirasida bildirgan fikr-mulohazalari chuqur tahlilga tortilgan.
Tayanch so‘zlar: lingvopoetika, estetik funksiya, poetic vazifa, balog‘at ilmi, ilmi maoniy, lingvopoetik tahlil tamoyillari.