Baliqchilikni rivojlantirishda ilg‘or yondashuv
FOTOREORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida intensiv usulda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha nazariy va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda barcha viloyatlardan baliqchilikka ixtisoslashgan yetakchi fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi.
Seminar doirasida eronlik mutaxassislar bilan hamkorlikda tabiiy suv havzalarida okeanik qafaslar yordamida baliq yetishtirish loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Termiz tumani hududida joylashgan “Uch qizil” suv omboriga o‘rnatilayotgan okeanik qafaslar Afg‘on shamoliga hamda suv muzlashiga bardoshli. Eronlik mutaxassis Muhammad Rezo Maleki ushbu moslamaning turlari, afzalliklari hamda bu usulda baliq yetishtirish talablari haqida batafsil ma’lumot berdi.
[gallery-22332]
Ma’lumot uchun. Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida baliqchilikka ixtisoslashgan 280 ta fermer xo‘jaligi va MCHJ mavjud bo‘lib, ularning aksariyatida odatiy usullarda baliq yetishtiriladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA