“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi va Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida Navbahor tumanida joylashgan “YASHIL OROL BY grand” MCHJ baliqchilik xo‘jaligida respublika seminari tashkil etildi.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida 252 ta baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning 251 tasi 1,7 ming gektar sun’iy suv havza maydonlarida va 1 tasi 21,6 ming gektar tabiiy suv havzasida tashkil etilgan. Ularning 3 tasi baliq lichinkalarini ishlab chiqarish, 3 tasi ozuqa ishlab chiqarish va 1 tasi baliqni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalardir.

– Navoiy viloyatida intensiv texnologiyalarni qo‘llash orqali baliq yetishtirish hajmini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilgan, – deydi uyushma raisi o‘rinbosari Maqsud Ostonov. – Hozirda viloyatda 480 gektar havzalar intensivlashtirilib, hosildorlik 4-5 barobarga oshirildi hamda qo‘shimcha 5700 tonna baliq yetishtirishga erishildi. Jumladan, Navbahor tumanida 150 gektar, Qiziltepada 120 gektar, Karmanada 100 gektar, Xatirchida 60 gektar va Konimexda 50 gektar sun’iy suv havzalari intensivlashtirildi. Aholi bandligini ta’minlash maqsadida esa 15 ta mahallada 220 ta aholi xonadonlari vakillarini jalb qilgan holda baliq yetishtirish ishlari tashkil etildi. Bundan tashqari, umumiy qiymati 63 milliard so‘m bo‘lgan qo‘shimcha 12 ta hududiy loyihalar ishga tushirilib, 97 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Yuqoridagi ishlarning tizimli ravishda amalga oshirilishi natijasida o‘tgan 2024 yil yakunlari bo‘yicha viloyatdagi barcha xo‘jaliklar tomonidan 14,7 ming tonna baliq ovlandi.  

[gallery-22663]

Seminarda “YASHIL OROL BY grand” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Orif Karimov baliqchilik xo‘jaligida super intensiv usulda baliq yetishtirish loyihasi haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.  

– Hozirda baliqchilik xo‘jaligimiz tomonidan 16 gektar maydondan iborat ko‘llarda asosan sazan va oq do‘ngpeshona baliqlari yetishtirilmoqda, – deydi tadbirkor O.Karimov. – Har bir ko‘lda aeroterlar o‘rnatilgan bo‘lib, suvni kislorod bilan ta’minlaydi. Baliq tannarxini barqaror saqlash, sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida 120 kvt/soat quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatganmiz. Kunlik elektr energiyasiga bo‘lgan talab aynan quyosh panellari tomonidan ishlab chiqarilayotgan quvvatlar evaziga qoplanmoqda. Shuningdek, ehtiyojdan ortgan qismi aholiga sotilmoqda.

Albatta, baliq yetishtirishda ularni oziqlantirish muhim ahamiyatga ega. Ozuqa moddalari esa chetdan olib kelinadi. Bu o‘z navbatida baliq tannarxining oshishiga ham sabab bo‘ladi. Ushbu muammoning oldini olish maqsadida Qiziltepa tumanida faoliyat olib borayotgan “Ilhomjon kelajagi” fermer xo‘jaligi rahbari Ilhomjon Abdullayev “O‘zbekiston 2025” nomli baliq ozuqasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Seminarda tadbirkor tomonidan ozuqa tarkibi va ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.  

Tadbirda 2025 yilda viloyatda baliqchilikni yanada rivojlantirish maqsadida rejalashtirilgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, viloyatdagi 900 gektar sun’iy suv havzalariga aeroter moslamalarini o‘rnatish natijasida 22,5 ming tonnagacha baliq yetishtirish va qo‘shimcha 470 ta yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar umumiy qiymati 130,5 milliard so‘m bo‘lgan qo‘shimcha 13 ta hududiy loyihani ishga tushirib, 115 ta yangi ish o‘rni yaratish, 900 ta aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirishni tashkil etish belgilab olingan.

Seminar davomida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda