– Xo‘jaligimizda baliq yetishtirish hajmi yildan-yilga oshmoqda, – deydi Ulug‘nor tumanidagi “Olimp koshonasi” fermer xo‘jaligi rahbari Mihiddin O‘rinov. – 2013-yilda 101 tonna baliq yetishtirgan bo‘lsak, 2014-yilning dekabr oyiga qadar aholi dasturxoniga 105 tonnadan ziyod baliq yetkazib berdik.

Prezidentimiz rahnamoligida aholining baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, tarmoqda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklar moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustda qabul qilingan “Baliqchilik tarmog‘ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘layotir. 

Andijon viloyatida ham ushbu hujjat ijrosi doirasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Baliqchilik yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan xo‘jaliklar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotir. Mavjud suv resurslaridan unumli foydalanilib, tabiiy va sun’iy havzalar barpo etildi. Hovuzlarning meliorativ holati yaxshilandi.

Viloyatda 2014-yilning 9 oyida 188 baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan aholiga bir ming 242 tonna parhez mahsulot yetkazib berildi.

– Xo‘jaligimizda baliq yetishtirish hajmi yildan-yilga oshmoqda, – deydi Ulug‘nor tumanidagi “Olimp koshonasi” fermer xo‘jaligi rahbari Mihiddin O‘rinov. – 2013-yilda 101 tonna baliq yetishtirgan bo‘lsak, 2014-yilning dekabr oyiga qadar aholi dasturxoniga 105 tonnadan ziyod baliq yetkazib berdik. Bu boradagi ishlar davom etmoqda. 

Baliqchi tumani Aralxon massivida faoliyat olib borayotgan “Said Musaxon yerlari” fermer xo‘jaligiga qarashli 19,5 gektar maydonda joylashgan uchta hovuzda ham baliq parvarishlanmoqda. 

– Erta bahorda hovuzlarga 32 ming dona sazan, do‘ngpeshona va oq amur baliqlari urug‘ini tashlagan edik, – deydi xo‘jalik rahbari Mo‘ydin Hasanov. – Baliqlar belgilangan ratsion asosida oziqlantirildi. 

Xo‘jaobod tumanidagi “Qora amur” fermer xo‘jaligida baliq yetishtirish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba to‘plangan. Xo‘jalik tasarrufidagi ikkita hovuzda olti turdagi baliq boqilmoqda. 

– Xo‘jaligimizda baliqlar uchun omixta yem tayyorlanadi, – deydi “Qora amur” fermer xo‘jaligi rahbari Vladimir Reshetnikov. – Bu baliq yetishtirishda tannarxning birmuncha arzon bo‘lishini ta’minlamoqda. Bundan tashqari, hududimizda dam olish maskani tashkil etganmiz. 

Viloyatda baliqchilikni yanada rivojlantirish, uning zaxirasini ko‘paytirish, intensiv usulda baliq yetishtirish, aholini sifatli va nisbatan arzon mahsulot bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baliqchilik rivojlanmoqda