Qaror va ijro

Toshkent viloyatida baliqchilik sohasini rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.  

Hozir hududdagi 7,5 ming gektar sun’iy hamda 3,6 ming gektar tabiiy suv havzalarida 560 ta baliqchilik xo‘jaliki faoliyat yuritadi. Intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyalarini joriy etish orqali mavjud sun’iy suv havzalarini qayta rekonstruksiya qilish evaziga baliq yetishtirish 3-4 barobarga oshmoqda. Bundan tashqari, viloyat miqyosida 250 dan ortiq xonadonda baliq yetishtiriladi. . Ularning sa’y-harakatlari bilan o‘tgan yili 27 ming tonna baliq yetishtirildi.  

Mazkur ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida OAV vakillari uchun Chinoz tumaniga press-tur tashkil etildi. Prezidentimizning 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan Chinozda ham aynan baliqchilikda o‘zini o‘zi band qilgan tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.  

– Xususan, 4 ta tashabbuskor oilaviy tadbirkor xonadonida kooperatsiya asosida sun’iy hovuzlar tashkil qilindi, – deydi Chinoz tuman hokimi o‘rinbosari Muhammadjon Sultonov. – Natijada 30 nafarga yaqin ishsizning bandligi ta’minlandi. Bu jarayonda baliqchilik xo‘jaliklari xonadon egalarini baliq yetishtirish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etadi, ularga baliq yetishtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, baliq chavoqlari, omixta yem, mineral o‘g‘itlarni yetkazib beradi. Ular tomonidan yetishtirilgan baliqni kelishilgan narxlarda sotib oladi. Bundan tashqari, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida tumandagi Obihayot mahallasi baliq yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Bu yerdagi 20 dan ortiq xonadonda baliq yetishtirilmoqda. Shu bilan birga, 50 dan ortiq xonadonda yarim tayyor (dudlangan) baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.  

Press-turda jurnalistlar baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan oilalarda bo‘ldi. Xususan, tadbirkor Jahongir Karimov xonadonida 3-yildan beri kooperatsiya usulida baliq yetishtiriladi. U shu bilan birga, yana 14 ta xonadon egalari bilan hamkorlikda Afrika laqqa balig‘ini yetishtirib kelmoqda.  

– Faoliyatimni boshlaganimga ko‘p bo‘lmadi, – deydi J.Karimov. – Yetishtirayotgan Afrika laqqa baliqlariga ichki bozorda talab yuqori. Uni boqish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, 6 oyda vaznini oshirishi mumkin. Bunda suv harorati va almashuvini doim nazorat qilish kerak. Shu kabi belgilangan talablarga rioya qilinsa, yaxshi natijaga erishish mumkin. Ichki bozorda 1 kilogramm Afrika balig‘i 20 ming so‘m bo‘lib, undan tayyorlangan taom juda mazali bo‘ladi. Shunga yarasha olayotgan daromadimiz ham yaxshi. 

Press-tur davomida jurnalistlarga “Yangi Chinoz baliq bozori” faoliyati ko‘rsatildi. Bu yerda baliq va balq mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qilish mumkin. Bir kunda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy, Xorazm va boshqa viloyatlardan mijozlar 10 tonnadan 30 tonnagacha baliq mahsulotlarini xarid qiladi. Aynan shu manzildan Respublikamizning barcha hududlaridagi savdo nuqtalariga baliq mahsulotlari yetkaziladi.  

A.Musayev, D.Ernazarov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baliqchilik Chinozda yetakchi tarmoqqa aylanmoqda