Xalq deputatlari Baliqchi tumani Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi Jasurbek Abduraimov 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va tumanni 2021 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hisobot berdi.

Prezidentimizning 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shahar va tumanlar “yashil”, “sariq” va“qizil” hududlarga ajratilgan, reyting natijalarida 2019 yil yakuniy ko‘rsatkichlari bilan Baliqchi tumani (umumiy 13,98 ball) “qizil” hudud toifasiga kiritilgan edi.

Mavjud salbiy holatni bartaraf etish va tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2020 yil 9 oyi yakuni bilan tuzilgan davriy reyting ko‘rsatkichlarida umumiy 16,57 ball bilan tuman “sariq” hudud toifasiga kiritildi.

Sessiyada qayd etilganidek, aholining real daromadlarini oshirish bo‘yicha joriy yilda tijorat banklari tomonidan 849 nafar talabgorga 28,9 milliard so‘m oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik va parrandachilik, pillachilik, quyonchilik yo‘nalishlarida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Natijada 1 ming 100 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Investitsiya dasturiga asosan qiymati 373 milliard 600 million so‘mlik investitsiya o‘zlashtirildi. Uning hisobiga 59 ta yangi loyiha ishga tushirilib, 1 ming 879 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Ushbu davrda 11 ta korxona eksport faoliyatiga jalb etilib, 10 ta korxona tomonidan 43,3 million dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi.

Joriy yilda 332 milliard 869 million so‘mlik 46 ta sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyiha amalga oshirilib, 982 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi. Natijada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 840 ming so‘mga yetkazildi.

Misol uchun, "Skorton tekstil" MCHJ tomonidan 20,1 million dollar miqdorida xorijiy investitsiyaning o‘zlashtirishi hisobiga yilliga 10 ming 300 tonna kalava ip ishlab chiqarish, 24 million 720 ming dollarlik mahsulot eksport qilish quvvatiga ega yangi ishlab chiqarish korxonasi ishga tushurildi. Natijada 400 ta yangi ish o‘rni yaratildi.  

Tumandagi yana bir xorijiy korxona – "Mig farfor" MCHJ tomonidan chinni buyumlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 1 million dollar miqdorida xorijiy investitsiya kiritilib, yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvati 7 milliard so‘mga yetkazildi va 150 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Pandemiya boshlanishida tumandagi 982 ta korxonaning 109 tasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, shundan 16 tasi esa 25 foiz, 75 tasi 50 foiz quvvatda ishlay boshlagandi. Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, sektor rahbarlari va boshqa mutassadi tashkilotlar bilan birga “korxonabay” ish olib borildi va natijada joriy yilning 10 oyi yakuniga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarish hajmi 547,5 milliard so‘mni tashkil etdi.

Deputatlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning o‘rinbosarlari bilan birgalikda shahar hududida kambag‘al, ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti o‘rganilib, 8 ming 834 nafar a’zolari bo‘lgan 2 ming 381 ta oila “Temir daftar”ga kiritildi.

bugungi kungacha “Temir daftar”dagi 2 ming 974 nafar ishga muxtoj fuqaroning 2 ming 926 nafari yoki 98,4 foizi turli sohalarga ishga joylashtirildi, 58 nafariga 800 million so‘mlik imtiyozli kreditlar, 466 nafariga subsidiya asosida isiqxonalar qurib berildi. Natijada bugungacha 1 ming 770 ta oila turmush sharoiti yaxshilanib, ushbu ro‘yxatdan chiqarilgan bo‘lsa, 238 ta oila yangidan “Temir daftar”ga kiritildi. 1 dekabr holatiga ushbu ro‘yxatda 613 ta oila qolayapti.

Joriy yil 2019 yilga nisbatan har gektardan olingan hosildorlikni 3 sentnerga oshirish hisobiga 3 ming 300 tonna ko‘p paxta xomashyosi yetishtirildi. Buning evaziga 27 milliard so‘m qo‘shimcha daromad olindi.

Sessiyada bir qator kamchilik va muammolar haqida ham aytib o‘tildi. Jumladan, tadbirkorlik soxasida 426 ta yangi kichik biznes sub’ekti tashkil etilgan bo‘lsada, faoliyat ko‘rsatmayotgan 310 ta korxonadan 191 tasining faoliyati tiklangan.

Investitsiya dasturi doirasida belgilangan 6 ta loyiha pandemiya sababli chetdan keltiriladigan dastgohlar muddatida yetib kelmaganligi sababli ishga tushirilmadi. Bundan tashqari, davlat xususiy sherikchilik asosida yoki xususiy maktablarni ochilishiga yetarli e’tibor qaratilmadi. Hozirda tumanda birorta ham xususiy maktab yo‘q.  

Mahalla fuqarolar yig‘inlarining 15 tasi o‘zining binosiga ega emas. Tumanning 30 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga 1 ming 816 dona temir-beton tayanchlari olib kelib o‘rnatilishi belgilangan edi. Biroq bugungi kun holatiga 339 dona, belgilangan rejaga nisbatan 19 foiz temir-beton tayanchlar yetkazib berildi.  

Tumanda 564 gektar bog‘dorchilik yer maydoni mavjud bo‘lsada, bir gektar ham to‘liq zamonaviy intensiv bog‘lar tashkil etilmagan. Bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Sessiyada deputatlar elektr va gaz ta’minotini yaxshilash, maktablarni raqamlashtirish, internet tarmog‘iga ulash yuzasidan savollariga javob oldi.

[gallery-442]

Nurillo NASRIEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baliqchi tumani “qizil”dan “sariq” hudud toifasiga o‘tdi