Keyingi uch yil ichida qariyb barcha sohada yangilanishlar boʻldi, islohotlar shiddatiga mos qadam tashlash, faoliyatda jonlanish kuzatildi.

Keyingi uch yil ichida qariyb barcha sohada yangilanishlar boʻldi, islohotlar shiddatiga mos qadam tashlash, faoliyatda jonlanish kuzatildi. Ayniqsa, tibbiyotni rivojlantirish, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida qilinayotgan ishlar diqqatga molik boʻlyapti. Tizimdagi muammolar kompleks oʻrganilib, ularga yechim topishga eʼtibor kuchaymoqda.

Ayni yoʻnalishda, oʻz navbatida, sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar uchun masʼul etib belgilangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ham masalaga daxldorlik hissi bilan parlament nazoratining barcha taʼsirchan shakllaridan unumli foydalanyapti.

Biroq joylarda xalqimiz bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlar, saylovchilarimizni qiynayotgan muammolarini oʻrganishlar mobaynida mazkur sohada hali ham qator muammolar saqlanib turgani oydinlashmoqda, koʻplab kamchiliklar mavjudligi yaqqol koʻzga tashlanyapti.

Biz deputatlar oʻtgan yili ham, hozir ham respublikamiz boʻyicha olib borilgan oʻrganishlarga asosan aniqlangan kamchilik va muammolarni bir necha bor Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatiga, qolaversa, tegishli vazirlik va idoralar oldiga qoʻydik, bu boradagi ishlar hali ham davom etmoqda. Ammo shunga qaramay, aksariyat masalalar yechilishida ijobiy natija, oldinga siljish sezilmayapti.

Xususan, mamlakatimizning aksariyat tuman va shaharlarida shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari tashkil qilingan boʻlib, ularning normativlari, yaʼni shifo oʻrinlari (koyka) soni nomutanosib holda belgilangan. Bunda aholi soni va kasallanish holati hisobga olinmasdan qolmoqda. Masalan, 171 ming aholi mavjud boʻlgan Gʻallaorol tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya boʻlimida ham, 46 ming aholi yashaydigan Zafarobod tumani reanimatsiya boʻlimida ham shifo oʻrinlari (koyka) soni 6 ta etib belgilangan. Yoki Amudaryo tumani aholisi 195 ming nafar boʻlib, shoshilinch tibbiy yordam (SHTYO) boʻlimiga 40 ta koyka ajratilgan boʻlsa-da, 481 ming aholisi boʻlgan Urgut tumanida SHTYO shifo oʻrinlari (koyka) 30 tani tashkil etadi.

Bu esa, ayrim tibbiyot muassasalarida koʻplab tirbandlik kelib chiqishi va aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.

Mazkur muammo Sogʻliqni saqlash vazirligi oldiga shifo oʻrinlarini (koyka) xatlovdan oʻtkazib, tahlil qilish, Moliya vazirligi bilan birgalikda yangi ishlab chiqilgan normativlarni tasdiqlash va hayotga joriy etish vazifasini qoʻyishi tabiiy edi. Biroq ushbu vazifa vazifaligicha qolyapti, deputatlarning jon kuydirishlari foyda bermayapti.

Mana shunday real muammolar, kamchilik va yechilishi zarur boʻlgan masalalar sohaning Prezidentimiz qoʻyayotgan talablar asosida rivojlanishiga toʻsqinlik qilyapti. Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddilari esa, nazarimizda, amaliy ishlar bilan birga, asosan balandparvoz gaplar, jimjimador raqamlar ortidan quvish bilan band boʻlib qolmoqda.

Jamshid PIRMATOV,
Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputati,
“Adolat” SDP fraksiyasi aʼzosi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Balandparvoz gaplar, jimjimador raqamlar bilan tibbiyotni rivojlantirib boʻlmaydi
Жамият
08:35 / 24:09:2019