Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Komiljon Karimov va AQSHning “Stirling Foundation” nodavlat xayriya jamg‘armasi prezidenti Maylz Xansen bilan tashkil etilgan uchrashuvda 2024 yilda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli masalalari, “Stirling Foundation” nodavlat xayriya jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonda oliy va professional ta’lim, ilm-fan hamda iBakalavriat va magistratura yo‘nalishida AQSHda tahsil olish mumkin.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Komiljon Karimov va AQSHning “Stirling Foundation” nodavlat xayriya jamg‘armasi prezidenti Maylz Xansen bilan tashkil etilgan uchrashuvda 2024 yilda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli masalalari, “Stirling Foundation” nodavlat xayriya jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonda oliy va professional ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiya sohalarida loyihalarni moliyalashtirish va joriy etish imkoniyatlari, O‘zbekiston OTM larida ingliz tilini o‘qitish, AQSHda tahsil olish uchun ta’lim grantlarini ajratish kabi masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida AQSH tomonidan oliy ta’lim sohasida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, OTM lararo hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, AQSH da balavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlari hamda AQSHning Yuta va Aydaxo shtatlaridagi “Brigam Yang” universitetlarida (Brigham Young University-Utah, Brigham Young University-Idaho) biznes boshqaruvi, menejment, muhandislik, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda tahsil olish uchun grant ajratish masalalari xususida qator takliflar bildirildi.
Bundan tashqari, mazkur xayriya jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonda masofaviy ta’limni joriy etish yuzasidan ham taklif bildirilgan bo‘lib, ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan aholi qatlamiga (onalik ta’tilidagi ayollar, yashash joyi bo‘lmagan yoki uzoqda ta’lim olish imkoni bo‘lmaganlar va h.k.) imkoniyat yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni AQSH universitetlaridan ingliz tili mutaxassislarini O‘zbekiston OTM larida ingliz tilini o‘qitish, jumladan, ma’ruzalar o‘qish, seminar va mahorat darslarini tashkil etish maqsadida jalb qilish, shuningdek, O‘zbekiston yoshlari uchun ajratiladigan ta’lim grantlari doirasida AQSHda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish takliflarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA