O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Ijod" o‘quv zalida O‘zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Bahorning betakror malikasi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.

O‘zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva raqqosa, baletmeyster, o‘zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi sifatida nainki yurtimiz, balki xalqaro miqyosida ham nom qozongan san’atkor edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ustoz san’atkor yakka raqslarning mohir ijrochisi, ommaviy o‘zbek raqslarining ijodkori sifatida tanilgan edi.  

Mukarrama Turg‘unboyeva uyg‘ur, tojik, hind, afg‘on, mo‘g‘ul, koreys xalqlari raqslari asosida o‘ziga xos sahnaviy raqslar sahnalashtirgan edi.

U raqs san’atida erishgan yutuqlarini Xitoy, Koreya, Albaniya, Italiya, Avstriya, Afg‘oniston, Hindiston, Kambodja, Tailand mamlakatlarida namoyish etgan. Ayniqsa, Mukarrama Turg‘unboyeva tayyorlagan dastur, bir qator mohir raqqosalar ijrosidagi «Pilla», «Gulsara»,  «Bahor» raqslari, shuningdek, Mukarrama Turg‘unboyeva ijrosidagi «Tanavor», «Andijon polkasi» chet el tomoshabinlarida chuqur taassurot qoldirgan.

1955 yilda ustoz san’atkor o‘zi pedagoglik qilgan Toshkent xoreografiya bilim yurti qizlaridan 12 nafarini ajratib olib, raqqosa qizlar guruhini tashkil qiladi. 1957 yilda shu guruh asosida «Bahor» ansamblini tuzadi. Mukarrama opa Alisher  Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida baletmeyster bo‘lib ishlashi bilan birga «Bahor» ansamblida badiiy rahbar, bosh baletmeyster vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan edi.

San’atkorning ayniqsa, «Bahor» ansamblining shakllanishida xizmatlari beqiyosdir. Ansambl uchun 15 ta konsert dasturini tuzdi.  «Bahor», «Ufori sanam», «Qo‘g‘irchoq», «Farg‘ona ruboyisi»,  «Munojot», «O‘zbek valsi», «Gulnoz», «Aylanma», «Beshqarsak», «G‘ayratli qiz», «Yetti go‘zal», «Toshkent piyolasi», «Shabadalar»,  «Alyor», «Bayot», «Zang», «Sho‘x qiz», «Xorazmcha», «Paxta», «Katta o‘yin», «Uchrashuv», «Lazgi», «Dildor», «Dilbar» kabi umumiy, yakkaxon va duet raqslar yaratdi.  

1957 yilda ansambl Jahon yoshlari va talabalari festivalining oltin medalini olishga muvaffaq bo‘ldi.  

1960 yilda «Bahor»ga Davlat ansambli maqomi berilishi munosabati bilan Mukarrama Turg‘unboyeva ansamblni iqtidorli yosh raqqosalarning mahoratini oshirish, yangi raqs va raqs dasturlarini yaratish, badiiy saviyani hamisha baland saqlash, gastrol safarlarini yuqori darajada o‘tkazish, shu maqsadda o‘zbek raqs merosini o‘rganish, jahon xalqlari raqslarini sahnalashtirish masalalari bilan umrining oxirigacha shug‘ullanib keldi.  

Mukarrama opa Germaniya, Shvetsiya, Vengriya,  Polsha, Misr kabi mamlakatlarda gastrolda bo‘lgan. 1947 yildan Toshkent milliy raqs va xoreografiya bilim yurtida pedagoglik qilgan edi.  

Mustaqillik yillarida Mukarrama Turg‘unboyevaning mehnatlari yuksak qadrlanib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.

Ushbu ko‘rgazmada Mukarrama Turg‘unboyeva haqidagi kitoblar, maqolalar, opaning ijodi, faoliyatiga oid fotosuratlar bilan tanishish mumkin.

N.Usmonova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Bahor"ning betakror malikasi