Bahor nafasi ila yangilangan Buxoro
FOTOREPORTAJ
Qadimiy va hamisha navqiron Buxoro shahri ko‘chalari bahor faslida yanada ko‘rkamlashgan.
[gallery-28374]
Shu kunlarda hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, aholi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida yangi bog‘lar, xiyobonlar va dam olish maskanlari barpo etilib, mavjud hududlar yanada obod holga keltirilmoqda.
Shu bilan birga, shaharda tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xalq sayillari va milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi anjumanlar aholi kayfiyatiga ko‘tarinkilik baxsh etmoqda. Jarayon viloyatning turizm salohiyatini yanada oshirib, mahalliy va xorijiy mehmonlar oqimining ko‘payishiga xizmat qilmoqda.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA