“Bahor malikalari” velomarafoni ötkaziladi
Harakat va jismoniy faollik inson salomatligi garovi ekani barçamizga ayon. Ayniqsa, velosipedda sayr qiliş yoki sportning uşbu turi bilan şuğullaniş yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, çidamlilikni oşiradi, nafas olişni yaxşilaydi, kundalik stress va çarçoqlarni samarali yengişga yordam beradi. Mamlakatimizda aholini, xususan, yoşlarni soğlom turmuş tarziga keng jalb etiş, jismoniy tarbiya va sportni ommalaştirişga davlat siyosati darajasida alohida eʼtibor qaratilayotgani ham şundan.
Bu borada kuni keça qabul qilingan navbatdagi muhim hujjat soha taraqqiyotida yangi bosqiçni boşlab beradi. Aniqroq qilib aytganda, “Velosiped sport turlarini yanada ommalaştiriş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori velosportni yangi bosqiçga kötarişga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Qarorga muvofiq, velosiped sport turlarini yanada ommalaştiriş va rivojlantirişning 2030-yilga qadar quyidagi asosiy maqsadlari belgilandi:
– mamlakatimizda velosport bilan ommaviy şuğullanuvçi aholi qamrovini 30 ming nafarga yetkaziş;
– velosport böyiça Osiyo qitʼasi miqyosidagi musobaqalarda milliy terma jamoaning eng yuqori körsatkiçga ega 3 talikka kirişini taʼminlaş;
– velosport böyiça Olimpiya öyinlariga litsenziyalar sonini oşiriş va medallar uçun kuraşiş va boşqalar.
Şuningdek, 2027-yil martdan boşlab aholini velosport turlari orqali soğlom turmuş tarziga keng jalb qiliş maqsadida quyidagi sport musobaqalari va tadbirlari anʼanaviy tarzda ötkazib boriladi:
– oliy taʼlim taşkilotlari talabalari örtasidagi “Talabalar kubogi” velosport musobaqalari;
– zarur infratuzilmaga ega bölgan umumiy örta taʼlim muassasalarida yuqori sinf öquvçilari örtasidagi “Direktor kubogi” velosport musobaqasi;
– nogironligi bölgan şaxslar örtasida “Sening imkoniyating” paravelosport musobaqaci;
– tegişli vazirlik va idoralar xodimlari örtasida “Yangi Özbekiston” velosport musobaqasi;
– 8-mart – Xotin-qizlar kuni bayrami doirasida ayollar örtasida “Bahor malikalari” velomarafoni;
– “22-sentabr – Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida aholi örtasida “Salomatlik sari yöl” velomarafoni.
Şu bilan birga, qarorga köra, Respublika velosport mahorat maktab-internati faoliyati velosport böyiça iqtidorli sportçilarni tayyorlaş va ularni terma jamoalarga yetkazib berişga yönaltiriladi.
Bundan taşqari, quyidagi muhim vazifalar belgilandi.
2027/2028 öquv yilidan Respublika velosport mahorat maktab-internatida paravelosport yönalişidagi öquvçilar qamrovi maktab-internatning umumiy kontingenti doirasida 20 foizga yetkaziladi. Respublika velosport mahorat maktab-internatining umumiy kontingenti 6-11-sinflardan iborat bölgan 100 nafar öquvçi-sportçidan iborat miqdorda saqlab qolinadi. “Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” musobaqalari doirasida velosport böyiça sport musobaqalari ötkazib boriladi. 2027/2028 öquv yiliga qadar Respublika velosport mahorat maktab-internati tomonidan Özbekiston velosiped sporti federatsiyasi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari öquvçilari foydalanadigan video-mahsulotlar yaratiladi.
Toşkent şahar hokimligi tomonidan mahalliy byudjet mablağlari hisobidan 2027-yil martdan boşlab tajriba-sinov tariqasida “Toşkent tajribasi” sifatida hududdagi zarur infratuzilmaga ega bölgan umumtaʼlim maktablarini 2027-2028-yillarda bosqiçma-bosqiç velosipedlar bilan taʼminlaş va trenerlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş amaliyoti joriy etiladi.
Bunday keng kölamli çora-tadbirlar – soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, yoşlarni sportga keng jalb etiş hamda xalqaro maydonlarda yuqori marralarni zabt etişda muhim.
ÖzA