Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi hamda bir qator muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

“Baholash faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Mazkur qonun loyihasi yuzasidan Adliya vazirligi yuridik ta’minlash va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Nuriddinov ma’ruza qildi.  

Qayd etilganidek, mamlakatimizda xususiy mulk daxlsizligi va mol-mulkning haqiqiy bozor bahosini shakllantirish va uning ishonchliligini ta’minlash, baholash yo‘nalishidagi sud-ekspertlik va baholash faoliyati samaradorligini oshirish va ushbu sohalarni zamonaviy tahlil vositalari bilan ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda qonun loyihasi bilan sud ekspertlari tomonidan amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar kiritilmoqda.  

— Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi orqali aholini qiynayotgan va ular tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni tezkor, o‘z vaqtida hal etishga erishiladi, — deydi deputat Abdug‘ani Umirov. —  Shuningdek, ushbu hujjat baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini tekshirishda muammolarni bartaraf qilish, fuqarolarning ortiqcha xarajatlarini kamaytirish, shu bilan birga, respublikada mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuvning joriy etilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilangan mulk daxlsizligi huquqini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.  

Muhokamalarda deputatlar bir qator savollarni o‘rtaga tashladi. Qonun tashabbuskorlari tomonidan javoblar qaytarildi.  

Shuningdek, yig‘ilishda fraksiya faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baholash faoliyati yanada takomillashtiriladi