“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda jamiyat rahbariyati, tuzilma korxonalarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Tadbirda jamiyat boshqaruvi raisi Bahodir Jo‘rayev so‘zga chiqib, energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularda yoshlarning ishtiroki va tashabbuskorligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

– Yosh mutaxassislar sohadagi islohotlarning bosh ijrochisiga aylanmoqda. Ular o‘z bilim va ko‘nikmalari, zamonaviy fikrlashi, texnologiyalarga tez moslasha olish qobiliyati bilan bugungi yutuqlarimizni ta’minlayapti. Bizning vazifamiz esa ularni qo‘llab-quvvatlash, g‘oyalariga yo‘l ochish va munosib shart-sharoit yaratishdir, – dedi B.Jo‘rayev.

Muloqot davomida yoshlar o‘z g‘oya va takliflarini bayon etdi. Xususan, ular energiya tejamkor texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, xavfsizlikni ta’minlashga doir tashabbuslarini bildirdi. Jamiyat rahbariyati tomonidan bu takliflar katta qiziqish bilan qabul qilindi.

Tadbir yakunida tizimda samarali faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va mas’uliyatli yosh mutaxassislar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, bunday uchrashuvlar yoshlarni yanada ruhlantirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda rahbariyat bilan ochiq muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Kkx1MxMdkIA" title="Bahodir Jo‘rayev: “Energetika sohasi rivoji yosh mutaxassislarga bog‘liq&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Jo‘rayev: “Energetika sohasi rivoji yosh mutaxassislarga bog‘liq” (+video)