Badminton sportiga qiziqish ortmoqda
Mamlakatimizda yoshlarni sportga keng jalb etishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida ko‘plab sport turlari qatori badminton ham jadal ommalashayotir.
Mamlakatimizda yoshlarni sportga keng jalb etishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida ko‘plab sport turlari qatori badminton ham jadal ommalashayotir.O‘zbekiston Badminton federatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan shahar hamda Payariq, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Jomboy va Urgut tumanlaridagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari qoshida tashkil etilgan to‘garaklarda 500 dan ziyod o‘g‘il-qiz mahorat oshirmoqda.
– Badminton navqiron avlodning sog‘lom ulg‘ayishida muhim ahamiyatga ega, – deydi Samarqand viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufidagi sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi Zafar O‘tayev. – Ushbu sport turi ayniqsa, ko‘zni ravshanlashtirib, ko‘rish qobiliyatini kuchaytiradi. Maktabimizda badminton bilan shug‘ullanayotgan 80 sportchining 30 nafari qizlardir.