O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Parkent ijod uyida tashkil etilgan Respublika tarjimonlar forumi qizg‘in ruhda o‘tmoqda.

Badiiy tarjima sohasida qanday natijalarga erishildi? Yechimini kutayotgan dolzarb masalalar nimalardan iborat? Bir guruh forum ishtirokchilari bu borada fikrlarini bildirdi.

– Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etishga eng avvalo tarjimonlar  mas’ul, – dedi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi direktori,  atoqli olim Olimjon Davlatov. – Mintaqa adabiyoti bilan qiyoslaganda O‘zbekiston adabiyotida ancha ilgarilashlar bor, albatta. Prezidentimiz Alisher Navoiy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, 2025 yilda Navoiy viloyatida "Alisher Navoiy yili"ni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Buyuk alloma merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish bo‘yicha qator amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Navoiy ijodini arab tiliga ham tarjima qilish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Zero, o‘zligimizni jahonga tanitishda badiiy adabiyot, badiiy tarjimaning roli katta.

–Badiiy tarjima sohasida Ogahiy nomidagi xalqaro tanlovning ta’sis etilgani juda yaxshi tashabbus, – dedi taniqli adabiyotshunos olim va tarjimon Zuhriddin Isomiddinov. – Lekin tarjimon faqatgina mukofot olish ilinjida, faqat shuning uchungina muayyan tarjimaga qo‘l urishi unchalik ham to‘g‘ri emas. Tarjimon muallifning asarlari orqali uning ijodiy laboratoriyasi bilan juda yaqindan xabardor bo‘lishi kerak. Badiiy tarjimaga qo‘l urishda bunday o‘ta mas’uliyatli ishni yurakdan amalga oshirish kerak, deb o‘ylayman. Tarjimon bir yo‘nalishda ijod qilishi kerak. Masalan, faqat bir tildan boshqa tilga tarjima bilan shug‘ullanishi kerak. Aks holda bunday mas’uliyatli ishda badiiyatga putur yetadi.

–Aslida bir xalqning tilini uzoq muddat boshqa tilga tarjima qilmaslik o‘sha tilni zavolga yuz tutishiga sabab bo‘ladi, – dedi tilshunos olim va publitsist Azizullo Orol. – Biz Navoiy hayoti va ijodiga oid fors tilidagi bir nechta kitoblarni O‘zbekistondagi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ko‘magida chop ettirdik. Bu nashrlar Afg‘oniston, Eron,Tojikistonda buyuk o‘zbek mutafakkiri va shoirining ijodini kengroq targ‘ib etishda katta ahamiyat kasb etadi.

–Ba’zan hatto Yozuvchilar uyushmasining o‘zida ham hech kim unchalik tanimaydigan mualliflarning, ko‘pincha "shoir"larning o‘z shaxsiy tashabbusi va sa’y-harakati bilan ularning yozganlari chet tilida kitobcha tarzida nashr etilishi holatlari ham uchramoqda, – dedi "Sharq yulduzi" jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf. – Xususiy yo‘nalishda amalga oshirilgan bunday ish o‘zbek adabiyoti vakillari haqidagi haqiqiy holat to‘g‘risidagi tasavvurga putur yetkazishi mumkin. Bunga esa sira yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Muayyan asar tarjimasi jamiyatimiz ma’naviy hayotiga nima beradi? Asarning g‘oyaviy, badiiy, mafkuraviy saviyasi va qimmatini hisobga olgan holda tarjimaga yondashish kerak, deb o‘ylaman. Jurnalimizda badiiy barkamol asarlarni muntazam ravishda maxsus rukn ostida berish yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada kelgusida ham ishlar izchil davom ettiriladi.

–O‘zbek she’riyatining yorqin vakillari asarlarini turkiy yillarga tarjima qilaman, – dedi yosh ijodkor Rahmat Bobojon. – 2018 yilda Ozarbayjonga borganimda qardosh xalq kitobxonlari asosan XX asrdagi atoqli  shoirlarimiz haqida tasavvurlari bor ekan. Zamonaviy o‘zbek she’riyati haqidagi kitoblar kam edi. Chori Avaz ijodini ozarbayjon tiliga tarjima qildim. Bunday ijodiy seminarlar tarjimashunoslik sohasida o‘zaro fikr va tajriba almashishda katta ahamiyatga ega.

Darhaqiqat, seminar ishtirokchilari tarjima asarlari xalqimizning ma’naviy kamoloti, tafakkuri, ma’naviyatining yuksalishiga xizmat qilmog‘i kerakligi xususida yakdil fikr bildirdilar. Ayni paytda muayyan asarni tarjima qilganda shoir yoki yozuvchining ijod yo‘li, uslubi, o‘ziga xos yondashuvi, maktabi bilan qalban va ruhan yaqinlik bo‘lishi kerakligi muhimligi e’tirof etildi.

Nazokat Usmonova,

                     O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Badiiy tarjima adabiyotimizni tanitish va ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladi