Badiiy gimnastikachilarimiz Minsk turnirida 2 ta medalga sazovor bo‘ldi
Belarus poytaxti Minsk shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
16 ta davlatning 230 nafarga yaqin mahoratli sportchilari ishtirok etgan bahslarda Mumtozabonu Isxoqzoda, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova, Yasmina Mkrticheva, Tamila Ziganshina, Yuliya Valevatayadan iborat terma jamoamiz a’zolari ko‘pkurash dasturida kumush medalga ega chiqdi.
Shuningdek, aynan ushbu tarkibdagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari guruh mashqlarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA