FOTOREPORTAJ
Kecha badiiy gimnastikachilarimiz guruh mashqida “Parij-2024” yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi. Bugun esa Osiyo chempionati davom ettirildi.
Dastlab yakkalik bahslarida kurash qizg‘in tus oldi.
Hamyurtimiz Taxmina Ikromova 2-o‘rin bilan chegaralandi. 1-o‘rin qozog‘istonlik Eljana Taniyevaga nasib etdi. Yaponiyalik gimnastikachi Reyina Matsusaka esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Bahslarda Taxminadan tashqari Natalya Usova bilan Anastasiya Saranseva ham yakkalik bahslarida ishtirok etib, o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
[gallery-17262]
Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA