«Tog‘-kon sanoati boyitish qoldig‘i – dispers sistemalarni gidrotransportlash vositalarini ishonchliligini oshirishning ilmiy texnologik asosini yaratish» mavzusida
Babayev Asqar Ruzibadalovichning 05.02.01 – «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi» hamda 05.09.07 – «Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi» (texnika fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha «Tog‘-kon sanoati boyitish qoldig‘i – dispers sistemalarni gidrotransportlash vositalarini ishonchliligini oshirishning ilmiy texnologik asosini yaratish» mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 6-noyabr soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100167, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1-uy. Toshkent davlat transport universiteti
Tyel: (71) 299-00-01
e-mail: rektorat@tstu.ru