BAAda do‘l yog‘di
Birlashgan Arab Amirliklarida ob-havoning keskin o‘zgarishi oqibatida 16 dekabrda mamlakatning ayrim hududlarida qattiq yomg‘ir yog‘ib, jalaga aylangani va do‘l yoqqani haqida “Al-Xalij” (“Ko‘rfaz”) gazetasi yozmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklarida ob-havoning keskin o‘zgarishi oqibatida 16 dekabrda mamlakatning ayrim hududlarida qattiq yomg‘ir yog‘ib, jalaga aylangani va do‘l yoqqani haqida “Al-Xalij” (“Ko‘rfaz”) gazetasi yozmoqda.Ob – havoning bunday o‘zgarishi aholining jala quygan va do‘l yoqqan mintaqalarga ommaviy ravishda jalb etmoqda. Xususan, ularni tog‘lik hududlarda paydo bo‘lgan sharsharalar, shalolalar, jarliklarda suvning oqishi qiziqtirib, mazkur hududlarda shaharlarning ko‘p sonli avtomashinalari harakatlari, fotosuratlarga olish va videolavhalarga tushish faollashgani kuzatilmoqda.
Keyingi kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari Meteorologiya xizmati tomonidan mamlakatning turli hududlarida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi, do‘l yog‘ishi, chaqmoq chaqishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli kattaligi bildirilmoqda.