Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 9-turidan o‘rin olgan "BAA – O‘zbekiston" uchrashuvi o‘zbekistonliklar uchun muhim bahslardan biri hisoblanadi.
Ayni kunlarda mazkur o‘yinni yoritish uchun O‘zbekistondan o‘ndan ortiq OAV vakillari yetib borishgan va allaqachon jonli efir uchun tayyorgarliklarni boshlab yuborishgan.
Jumladan, ertangi o‘yinni "Sport", hamda "Futbol" telekanallari orqali jonli efirda translyatsiya qilinadi. Translyatsiya jarayonlariga tayyorgarliklar haqida "Sport" telekanali direktori o‘rinbosari Zohid Karimov so‘zlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_kFXrSNSMK4" title=""BAA - O`zbekiston" o`yini jonli translyasiya qilinadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jamoliddin Bobojonov, Muhayyo Turdaliyeva, Yoqub Meliboyev, O‘zA