Azamat Sulimanov: mintaqaviy öziga xoslik — global özgarişlar şaroitida Markaziy Osiyoning strategik resursi
Toşkent şahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 4–5-noyabr kunlari “Global transformatsiya va mintaqaviy dinamika: şakllanayotgan xalqaro tartibotda Markaziy Osiyo” mavzusida Think Road Forum 2026 xalqaro forumi bölib ötdi.
Forum Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Xitoy, AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Vengriya, Avstraliya va boşqa davlatlardan siyosatçilar, diplomatlar, yetakçi tahlil markazlari rahbarlari va ekspertlari, universitetlar hamda ilmiy-tadqiqot institutlari vakillarini birlaştirdi.
Muhokamalarda Oksford universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti, AQŞning Milliy manfaatlar markazi, Şanxay xalqaro tadqiqotlar instituti, Yevropa universiteti instituti, şuningdek, Yevropa Ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti, Osiyo taraqqiyot banki hamda BMT tizimidagi tuzilmalar vakillari iştirok etdi.
Forum kun tartibidan mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport sohasidagi özaro boğliqlik, Markaziy Osiyoning jahondagi yetakçi markazlar bilan munosabatlari, iqlim, suv va energetika, raqamlaştiriş hamda sunʼiy intellekt masalalari örin oldi.
Muhokamalarda jahon tizimidagi beqarorlik ortib, geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobat kuçayib borayotgan şaroitda mintaqalarning mustaqil va barqaror taraqqiyot makonlari sifatidagi ahamiyati oşayotgani muhim xulosalardan biri böldi. Içki barqarorlikni mustahkamlaş, hamkorlikni yölga qöyiş, umumiy xavf-xatarlarga birgalikda javob beriş va özaro boğliqlikni taraqqiyot manbaiga aylantirişga qodir mintaqalarning örni tobora ortib bormoqda.
Şu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlikka masʼuliyat bilan yondaşiş namunasi sifatida tobora köproq eʼtirof etilmoqda. Sönggi yillarda mintaqa davlatlari özaro işonçni sezilarli darajada mustahkamladi, yillar davomida töplanib qolgan köplab ziddiyatlarni bartaraf etdi, siyosiy muloqotni kengaytirdi hamda savdo, transport, suv, energetika, ekologiya va xavfsizlik masalalarini birgalikda hal etişga ötdi. Natijada mintaqa bosqiçma-bosqiç birgalikdagi taraqqiyot makoniga aylanmoqda. Bu jarayonda har bir mamlakatning barqarorligi qöşni davlatlarning farovonligi bilan tobora çambarças boğlanmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) bölim boşliği Azamat Sulimanov öz maʼruzasida aynan şu fikrni rivojlantirdi.
Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan “Mintaqaviy hamkorlik orqali barqarorlikni mustahkamlaş” mavzusidagi sessiyada sözga çiqib, u Markaziy Osiyodagi mintaqaviy yaqinlaşuv jarayonlari sifat jihatidan yangi mazmun kasb etayotganini taʼkidladi.

Ekspert “Markaziy Osiyoning mintaqaviy öziga xosligi: umumiy merosdan umumiy kelajak sari” mavzusidagi maʼruzasida yaxşi qöşniçilikning mustahkamlanişi, savdo-iqtisodiy, transport va gumanitar aloqalarning kengayişi hamda siyosiy muloqotning faollaşuvi umumiy manfaatlar va uzoq muddatli maqsadlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikni tobora mustahkamlayotganini qayd etdi.
“Bugun hamkorlik mexanizmlari muhokamasidan yanada tub masalalarga ötiş muhim: bizni nima birlaştiradi, mintaqaning umumiy kelajagini qanday tasavvur qilamiz va erişilgan siyosiy yaqinlaşuvning jamiyatdagi tayançini qanday mustahkamlaş mumkin?” — deya taʼkidladi A. Sulimanov.
Şu nuqtai nazardan, SMTI vakili mintaqaviy öziga xoslikni şakllantirişni Markaziy Osiyoning kelgusi taraqqiyotini belgilovçi asosiy omillardan biri sifatida körsatdi.
Uning sözlariga köra, mintaqaviy öziga xoslikka faqat taşqi muhitdagi özgarişlarga javob yoki taşqi tahdidlar qarşisida mintaqa barqarorligini oşiriş vositasi sifatida qaraş töğri emas. Uning ahamiyati ança keng. U Markaziy Osiyoning içki salohiyatini röyobga çiqariş, resurslarini safarbar etiş hamda taraqqiyotning umumiy vazifalarini hal qiliş yölida davlatlar va jamiyatlarning saʼy-harakatlarini birlaştirişda muhim omil bölişi mumkin.
Ayni paytda xalqaro tartibot özgarib, yetakçi kuç markazlari örtasidagi raqobat kuçayib borayotgan şaroitda mintaqalarning uzoq muddatli ustuvor yönalişlarini mustaqil belgilaşi, içki jipslikni mustahkamlaşi va umumiy xavf-xatarlarga nisbatan kelişilgan yondaşuvlarni işlab çiqişi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Şu tariqa, mintaqaviy öziga xoslik bir vaqtning özida içki taraqqiyot manbai va taşqi xavf-xatarlar şaroitida barqarorlikni taʼminlovçi omil bölib xizmat qiladi. Bu Markaziy Osiyoning xalqaro munosabatlardagi mustaqil subʼekt sifatidagi örnini hamda öz kelajagiga oid kun tartibini mustaqil şakllantiriş salohiyatini mustahkamlaydi.
A. Sulimanovning fikriça, bunday öziga xoslikning asosini özaro boğliq uç unsur — umumiy tarixiy-madaniy meros, bugungi hamkorlik jarayonida töplangan tajriba va mintaqa kelajagiga muştarak qaraş taşkil etadi.
Bunda mintaqaviy öziga xoslik kim tomonidan va qanday şakllantirilişi kerakligi haqidagi masala prinsipial ahamiyatga ega.
Ekspert uşbu jarayon, avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari va jamiyatlarining özi tomonidan amalga oşirilişi, bunda milliy manfaatlar, tarixiy tajriba, madaniy xilma-xillik va jamiyatlarning intilişlari hisobga olinişi lozimligini taʼkidladi.
“Mintaqaviy öziga xoslikni taşqaridan olib kiriş yoki tayyor universal model asosida şakllantiriş mumkin emas. Uning mazmunini davlatlar, ekspertlar va akademik doiralar, fuqarolik jamiyati hamda yoşlar örtasidagi muloqot orqali mintaqa mamlakatlarining özi belgilaşi lozim”, — dedi u.
Şu bilan birga, bu xalqaro tajribadan çetlaşişni anglatmaydi. Mintaqaviy hamkorlik modellarini örganiş öziga xos jihatlar va mustaqil tanlovni saqlab qolgan holda foydali saboqlar oliş imkonini beradi.
Uşbu jarayonning asosiy maqsadi mintaqa mamlakatlarining Markaziy Osiyoning umumiy kelajagi haqidagi öz qaraşlarini şakllantirişdan iborat bölişi lozim. Bu qaraşlar özaro hurmat, işonç, yaxşi qöşniçilik va umumiy manfaatlarni anglaşga tayanişi kerak.
A. Sulimanov mintaqaviy öziga xoslik milliy özlikning örnini egallamasligi kerakligini alohida taʼkidladi. Aksinça, Markaziy Osiyoga mansublik va uning kelajagi uçun masʼuliyatni anglaş milliy öziga xoslikni töldirib, mintaqa xalqlari örtasidagi işonç va hamjihatlikni mustahkamlaşi mumkin.
Ekspert SMTI tomonidan “PeaceNexus” xalqaro jamğarmasi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoning mintaqaviy öziga xosligini şakllantiriş va mustahkamlaş konsepsiyasini işlab çiqiş borasida olib borilayotgan işlarga alohida töxtaldi.
Uning maʼlum qilişiça, hujjatning dastlabki loyihasi tayyorlangan va Toşkent, Farğona hamda Bişkek şaharlarida qator ekspert muhokamalaridan ötkazilgan.
Bunda gap milliy tuzilmalardan ustun turadigan yangi tuzilmalar yaratiş haqida emas, balki mavjud tarixiy va madaniy muştaraklikni anglaş, daxldorlik hissini kuçaytiriş hamda mintaqaviy hamkorlikning ijtimoiy asosini yanada mustahkamlaş haqida bormoqda.
A. Sulimanov uşbu işlarning amaliy yönalişlari sifatida yoşlar örtasidagi va taʼlim sohasidagi almaşinuvlarni kengaytiriş, çegaradoş hududlar örtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantiriş, mazkur jarayonga xotin-qizlar, kasbiy hamjamiyatlar va fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etiş, şuningdek, umumiy axborot makonini rivojlantirişni körsatdi.

Uning fikriça, Konsepsiyani Markaziy Osiyoning barça davlatlari iştirokida yaratiladigan, umumiy manfaatlar, milliy ustuvor yönalişlar va mintaqa xalqlarining uzoq muddatli intilişlarini aks ettiruvçi qöşma intellektual mahsulotga aylantiriş alohida ahamiyatga ega.
Sözining yakunida SMTI vakili mintaqaviy öziga xoslikni mustahkamlaş Markaziy Osiyo salohiyatini röyobga çiqariş uçun yanada mustahkam asos yaratişi mumkinligini qayd etdi.
“Bunday öziga xoslik mamlakatlarimizning bir-biridan farqli jihatlarini yöqqa çiqarmaydi. Aksinça, ularga öziga xosligi va mustaqilligini saqlagan holda yanada işonç bilan rivojlaniş, samaraliroq hamkorlik qiliş, umumiy vazifalarni hal etiş uçun imkoniyatlarini birlaştiriş hamda Markaziy Osiyo kelajagini birgalikda şakllantiriş imkonini beradi”.
ÖzA